So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  7

Asror Aliqulov: “Ayrim futbolchilarimiz Universiada-2022 musobaqasida ishtirok etishmoqda” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Ayrim futbolchilarimiz Universiada-2022 musobaqasida ishtirok etishmoqda”

Pro-liganing 23-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Zomin" (5:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Zomin" jamoasi to'p bilan yaxshi ishlaydi. SHu boisdan ham biz ularga imkoniyat bermaslikka harakat qildik. Raqib hujumlariga qarshi hujum uslubi bilan javob bergan xolda vaziyatlar yaratdik, gollar urdik. 

"Zomin" yaxshi jamoa, chiroyli futbol namoyish etayapti. Ammo natija borasida ulardagi vaziyat qoniqarli emas deb o'ylayman.

- “SHo'rtan" ikkinchi bo'limda o'yinni bir oz sustlashtirdi. Bu avvaldan o'ylangan reja edimi?

- Yo'q, biz buni reja qilmagandik. O'yinning borishi shunday bo'ldi. Bizda Universiada-2022 musobaqasiga ketgan futbolchilar bor edi. Ular o'yinga 2-3 soat qolganda etib kelishdi. Balki charchoq alomatlari ko'ringan bo'lishi mumkin.

- Intervyularingizdan birida "SHo'rtan" futbolchilarining tezligi sizni qoniqtirmayotgani haqida aytgandingiz. Bu xolat qaysi o'yinlarda pand berdi?

- Futbolda tezlik va faqat tez yugurish, tez chopishdan iborat emas. Bunda tez fikrlash, tez qaror qabul qilish va to'p bilan tezroq ishlash kabi omillar bor. Hozirgi Pro-ligada tezlik muhim o'rin egallaydi. 

- Muhriddin Zoirovni ikkinchi bo'limda tushirilishining sababi nimada?

- Aytib o'tganimdek, ayrim futbolchilarimiz Universiada-2022 musobaqasida ishtirok etishmoqda. Muhriddin ham bugun Termizda futbol uchrashuvida o'ynagandi. SHu bois uni zaxiradan maydonga tushirdik.

- "SHo'rtan" ishtirokidagi o'yinlarda stadion muxlislar bilan to'lmayotganini qanday izoxlaysiz?

- Albatta, bu natijalarga ham bog'liq. "SHo'rtan" avval Superligada ishtirok etgan. SHu davrda qo'shni shahar va tumanlardan muxlislar kelishardi. Hozir Pro-ligada o'ynayotgani sabab faqat mahalliy muxlislar o'yinlarga tashrif buyurishmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика