Asqar Jadigerov: "Vaqtincha "Maqtaarol"da shug'ullanib turibman"
31 jan 2014 20:00
Yangiliklar

Asqar Jadigerov: "Vaqtincha "Maqtaarol"da shug'ullanib turibman"
O'tgan mavsum birinchi ligada "Andijon" sharafini himoya qilgan Asqar Jadigerov aftidan jamoani tark etgan ko'rinadi.
CHunki futbolchi hanuzgacha burgutlarning o'quv-yig'inida ishtirok etmayapti. Uning kelgusi rejalarini bilish maqsadida bog'langanimizda quyidagilarni takidladi.
- Hozircha sport formamni yo'qotmaslik maqsadida Qozog'iston birinchi divizioni ishtirokchisi "Maqtaarol"da shug'ullanyapman. Bu jamoaga o'zingiz yaxshi bilasiz taniqli mutaxassis Rauf Inileev ustozlik qilmoqda. SHuni aytishim mumkinki, "Maqtaarol"da vaqtincha yugurib turibman. Kelgusi taqdirimni qaysi jamoa bilan bog'lashim to'g'risida, hozircha aniq bir nima deya olmayman. Katta extimol bilan bu yil ham yurtimizdagi klublarning birida o'ynayman. Bu masala yaqin 10 kun ichida hal bo'lsa kerak", - deydi Jadigerov.
Islombek Rustambekov

Fikrlar