So’nggi yangiliklar

15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  0 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  3 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  0 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  2 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   15 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  11

Asqar TOLIBJONOV: FIFA kunlaridan albatta, foydalanmiz Yangiliklar

Asqar TOLIBJONOV: FIFA kunlaridan albatta, foydalanmiz

Teglar :  Asqar TolibjonovTJM
O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari uchun masuliyatli va hayajonli davr boshlan­di.

Milliy jamoamiz Samvel Babayan boshchiligida JCH-2018 saralashidagi yurishini davom ettirmoqda, Viktor Jalilov qo'l ostiga o'tgan olimpiya termasi esa, tez orada Rio-2016 yo'llanmasi uchun kurashga kirishadi. Eng avvalo, o'tgan o'yinlarda yo'l qo'yilgan kamchiliklardan tegishli xulosalar chiqarish kerak. Biz O'FF Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov bilan uchrashib, mutaxassisning ayni mavzu bo'yicha fikrlariga qiziqdik.


- Haqiqatan ham, har ikki terma jamoamiz uchun masuliyatli davr boshlanyapti, - deydi TJM rahbari. - Birinchi galda, asosiy etibor milliy terma jamoamizning JCH-2018 saralash bosqichidagi uchrashuvlariga qaratiladi. Yigitlar tabiiy­ki, Samvel Babayan boshchiligida ijobiy natijalar qayd etishga urinadilar. Avvalo, Osiyo chempionati final bos­qichi yo'llanmasini qo'lga kiritish kerak. Keyingisi esa mundial masalasi. Maqsadga erishish uchun xorijdan maslahatchi - murabbiy taklif etildi. Mana, yangi murabbiylar shtabi yosh futbolchilarni mashg'ulotlarga jalb etib, ularga ham imkoniyat ber­ishyapti. Amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi ko'p yillik orzumizni ro'yobga chiqarish, muxlislarni g'alabalar bilan xushnud etish va ularni yana stadionga qaytarishga qaratilgan. Olimpiya terma jamoamiz esa Slovakiyadagi xalqaro turnirda ishtirok et­ishdi. O'ylaymanki, har ikki jamoa­miz o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni uddalaydi.

- Qolgan termalarimiz haqida nima deya olasiz?

- Birinchi navbatda, ayollarimizning ilk bor Osiyo chempionati final bosqichida ishtirok etishganini aytishim kerak. Garchi 19 yoshli futbolchilarimiz Xitoyda o'tgan qita chempionatida faqat mag'lubiyatga uchragan bo'lsalarda, bu orqali katta tajriba to'plashdi. Raqiblar juda kuchli edi. Turli yosh toifasidagi ayollar terma jamoa­larimizning natijalari tobora ijobiy ko'rinish kasb etyapti. Endi oldinda o'smir va yoshlar terma jamoalarining Osiyo chempionatidagi ishtiroki turibdi. Jasur Abdurai­mov va Temur Olimxo'jaev shogirdlaridan ham ijobiy natijalar kut­yapmiz. Xabaringiz bor, kelasi yil boshida Toshkent shahri futzal bo'yicha Osiyo chempionati final bos­qichiga mezbonlik qiladi. Bu terma jamoamiz oldida ham masuliyatli vazifalar turibdi. Navbatdagi qita birinchiligi jahon chempionatiga yo'llanma berishi bilan ahamiyatli. SHu payt­gacha futzalchilarimizga ham mundialda ishtirok etish baxti nasib etmagan. SHuni inobatga olgan holda, ispaniyalik tajribali mutaxassis Xose Mariya Mendesni yana terma jamoa boshqaruviga chorladik. Yigitlar o'z maydonimizda, muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari ostida o'tadigan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, mundial chiptasini qo'lga kiritishni juda-juda xohlashyapti. Bu jamoamizga ham tayyorgarlik ko'rish uchun barcha sharoitlarni yaratib beryapmiz. Umuman olganda, tarix uchun qisqa fursat - 24 yil ichida o'zbek futbolida katta o'zgarishlar ro'y berdi. Futbol infratuzilmasi yaratildi. Muhtasham, jahon talablariga to'liq javob beradigan stadionlar bunyod etildi. Hakamlarimiz muntazam ravishda FIFA va OFK bayrog'i ostidagi xalqaro o'yinlarni boshqarishyapti. O'smir va yoshlar terma jamoalarimizning jahon chempionati final bosqichidagi ishtiroklari ananaga aylanib boryapti. Hatto muxlislar terma jamoalarimizning guruhdan chiqolmasliklari yoki nimchorak finalda ishtirokni to'xtatishlarini salbiy natija sifatida qabul qila boshlashdi. Albatta, mazkur holat juda yoqimli. Ammo shu muvaffaqiyatlar bilan cheklanib qolmasligimiz kerak. Endi o'smir va yoshlarimiz yo'lini milliy jamoamiz vakillari takrorlashlari kerak. Ular ham ukalaridan qolishmay, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilishgan. Avvallari O'zbekistonda bor-yo'g'i 2ta terma jamoa faoliyat yuritgan bo'lsa, bugunga kelib ularning soni 14taga etdi. Bu ham mustaqilligimiz sharofati, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar ijrosini taminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar samarasidir. Bundan tash­qari, yurtimizda professional sport, xususan, futboldan tashqa­ri, ommaviylikka ham etibor qaratilyapti. Bugungi kunda deyarli barcha mahallalarda kichik futbol maydonchalari qurilgan bo'lib, ularda bolalar bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishyapti. Jamiyatda sog'lom turmush tarzini yanada qaror toptirishga alohida urg'u berilmoqda.

- Oktyabr oyida FIFA kunlari mavjud. Milliy va olimpiya jamoalarimiz uchun o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilganmi?

- Albatta. Bu borada ish olib boryapmiz. Bir qator milliy jamoa­lar bilan muzokara o'tkazdik. Tez kunlarda raqib nomi, o'yin sanasi va manzilini malum qilamiz. O'yinni imkon qadar Toshkentda tashkil etishga etibor qaratyapmiz. Olimpiya terma jamoamiz uchun ham o'rtoqlik o'yinlari uyushtirish, uning xalqaro turnirlardagi ishtirokini taminlash yo'lida ish olib borilmoqda. Birinchi navbatda, qura natijalarini kutishimiz kerak. 12 sentyabr kuni Osiyo chempionati-2016ga qura tashlanadi. Guruhdagi raqiblarga qarab, oktyabr oyi uchun o'rtoqlik uchrashuvi belgilaymiz. Har qanday holatda ham, milliy va olimpiya jamoalarimiz FIFA kunlari o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика