Aspilikueta Lempardni maqtadi

21 sen 2019, 08:11
“Chelsi” futbolchisi o'z vaqtida birga to'p surgan va ayni damda jamoa ustoziga aylangan Frenk Lempard haqida gapirdi.

“Men vaqtida Lempardning mashg'ulotlar yakuniga etgach, hamma kiyim almashtirish xonasiga yo'l olgan vaqtda zarbalar va hujumlarni yakunlash ustida ishlash uchun maydonda qolgan paytlarini ko'rganman. Endi esa uni murabbiy rolida ko'rib turibman. Unda g'alabaga bo'lgan kuchli ishtiyoq bor. U haqiqiy g'olib”, - deydi Sesar Aspilikueta.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Челси” расмий сайти