Asl nusxa Myunxenga, soxtasi esa Dortmundga jo'natiladi
12 may 2019 14:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/495142_original.jpg)
![](/upload/storage/495142_220.jpg)
Asl nusxa Myunxenga, soxtasi esa Dortmundga jo'natiladi
Germaniyada chempionlikning original sovrini Myunxenga etkaziladi.
"Bild" xabariga ko'ra, sovrinning soxta, yani, yasama nusxasi Dortmundga yuboriladi. Agarda "Borussiya" Bundesliga chempionligini qo'lga kiritadigan bo'lsa, asl sovrin ertasi kuni egasiga topshiriladi. Ayni damda "Bavariya" o'z raqibini 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Bundesliganing 34-turida "Bavariya" "Ayntraxt" bilan o'ynasa, dortmundliklar adashi Menxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar