So’nggi yangiliklar

14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  3 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  8 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  4 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  21 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0

Asilbek Omonov: "Nasaf"ga qarshi o'yin finalga teng bo'ladi" Yangiliklar

Asilbek Omonov: "Nasaf"ga qarshi o'yin finalga teng bo'ladi"

“Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan mezbonlar darvozaboni Asilbek Omonov bo'lajak o'yin to'g'risidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.
- Bu o'yin muhimlik va principiallik nuqtai nazaridan finalga teng, deb o'ylayman. Albatta ushbu o'yinda har ikki jamoa g'alaba uchun maydonga tushadi. Ayniqsa o'z uyimizda, muxlislarimiz qarshisida o'ynayotganligimiz uchun zafar qozonish istagi har doimgidan yuqori.

Raqib haqida gapiradigan bo'lsak, tan olish joiz “Nasaf” uzoq yillardan buyon chempionatimizda kuchli va barqaror o'ynaydigan, o'z oldiga yuqori marralarni ko'zlaydigan jamoa sifatida shakllangan. Keyingi yillarda u OCHLda ham raqobatbardosh komanda sifatida o'zini namoyon etmoqda.

Ammo bu o'yinni raqibga osongina topshirib qo'yamiz, degani emas. Jamoamizda yuqori saviyadagi o'yinchilar yig'ilgan. Murabbiylar ko'rsatmalarini to'liq bajarib, o'z o'yinimizni namoyish eta olsak biz har qanday raqibni ham yuta olamiz. Har holda olib borayotgan mashg'ulotlarimiz sifati hamda “12-o'yinchi” sifatida madad berib turgan muxlislar daldasi ana shunday dadil gapirishimizga imkon beradi.

Ayni paytda “Buxoro” jamoasining bu yilgi chempionatdagi tarkibi va qayd etayotgan natijalari muxlislar o'rtasida kuchli qiziqish va joiz bo'lsa shov-shuvlarga sabab bo'lmoqda. Biz ana shu tempni saqlagan holda kelgusi o'yinlarda ham muxlislar ishonchini va mehrini qozonishda davom etishga harakat qilamiz, - deydi Asilbek Omonov.

"Buxoro" matbuot xizmati
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика