So’nggi yangiliklar

17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  18 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  10 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  20 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  2 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  10 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  3 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   52 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  28 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  15

"ASIAN FIGHT-2017" turniri uchun ikkita chipta g'olibi malum bo'ldi Yangiliklar

"ASIAN FIGHT-2017" turniri uchun ikkita chipta g'olibi malum bo'ldi

Teglar :  Asian Fight
Xabaringiz bor, 9 sentyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida mikst silat bo'yicha jang oqshomi tashkil qilinadi.

Tanlov saytimizda soat 16:00da onlayn tarzda o'tkazildi.

--------------------------------------------------------------------------------------

Turnir axborot hamkori sifatida www.championat.asia sayti o'z muxlislariga ikkita chipta sovg'a qiladi. Ushbu chiptalar egasi tanlov yo'li bilan aniqlab olinadi. Tanlovimiz soat 16:00da boshlanadi.

Tanlovda 10 ta savol beriladi. Savolga birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan muxlis 1 ochkoga ega bo'ladi. 10 ta savol yakunlariga ko'ra eng ko'p ochko to'plagan foydalanuvchimizga "ASIAN FIGHT-2017" turniri uchun ikkita chipta sovg'a qilinadi.

Bugungi tanlovimiz www.olamsport.com saytida Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga bag'ishlab tayyorlangan maqolalar asosida bo'ladi. Barchaga omad tilaymiz.


1-savol: Boks bo'yicha Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida -64 kg vazn toifasida ishtirok etadigan bokschimiz 2015 yilda O'zbekiston chempionati yarim finalida bugungi kunda professional boksda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan boshqa bir bokschimizni mag'lub etgan ekan. Bizga o'sha professional bokschimizning ism-sharifini yozib bering.

Javob: Qudratillo Abduqahhorov  (Bek_Uzbekistan to'g'ri javobni topdi)


2-savol: 2015 yilda Dohada bo'lib o'tgan jahon chempionatida qaysi bokschilarimiz finalga etib borganlar?

Javob: Murodjon Ahmadaliev, Fazliddin G'oibnazarov, Bektemir Meliqo'ziev (Bek_Uzbekistan)


3-savol: Boks bo'yicha 2019 yilgi jahon chempionati qaysi shaharda bo'lib o'tadi?

Javob: Sochi (Jakhongir)


4-savol: Gamburgda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida qaysi mamlakat vakillari to'liq tarkib bilan ishtirok etmoqdalar?

Javob: Germaniya, Qozog'iston, O'zbekiston (Whosanoff)


5-savol: Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida uch nafar bokschimiz o'z vazn toifasida birinchi raqam ostida saralangan. Bizga o'sha uch nafar bokschimizning ismini yozib bering.

Javob: Murodjon Ahmadaliev, SHahram G'iyosov, Bahodir Jalolov (to'g'ri javob yo'q)


6-savol: U bokschimiz jahon chempionatida ilk marotaba ishtirok etmoqda. Lekin, bir yil oldin u Olimpiada va jahon chempionini mag'lubiyatga uchratgan. Bizga o'sha bokschimizning sevimli futbolchisini ismini yozib bering.

Javob: Krishtianu Ronaldu (Whosanoff)


7-savol: Mustaqil O'zbekiston bokschilari ilk marotaba qaysi mamlakatda bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etganlar?

Javob: Finlyandiya (Jakhongir)


8-savol: 2015 yilda jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan uch nafar bokschimiz ism-sharifini yozib bering.

Javob: Elnur Abduraimov, Elshod Rasulov, Bahodir Jalolov (Bek_Uzbekistan, Xusanildo (bir vaqtda javob topildi)


9-savol: Sanjar Tursunov Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati chorak finalida qaysi bokschiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi?

Javob: Vasiliy Levit (Bek_Uzbekistan)


10-savol: Boks bo'yicha jahon chempionatlarida qaysi mamlakat bokschilari eng ko'p medal jamg'ara olganlar?

Javob: Kuba (Whosanoff va Jakhongir bir vaqtda topdi)


Bugungi tanlovimiz o'z yakuniga etdi. Tanlov yakunlariga ko'ra "Bek_Uzbekistan" nikli muxlisimiz g'oliblikni qo'lga kiritdi. G'olibimizdan Telegram orqali @CA_Admin ga murojaat qilishlarini iltimos qilib qolamiz.


Yakuniy natijalar:

Bek_Uzbekistan - 3.5
Jakhongir - 2.5
Whosanoff - 2.5
Xusanildo - 0.5

Izoh: Javobni bir vaqtda topgan muxlislarimizga 0,5 ochko berildi.

G'olibni tabriklagan holda shuni malum qilamizki, navbatdagi tanlovlarimizda bungacha g'oliblikni qo'lga kiritgan foydalanuvchilarimiz ishtirok eta olmaydilar.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика