So’nggi yangiliklar

16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2

Nega O'zbekistonni tanlagani, Saudiyaga qarshi JCH saralash o'yini, SHomurodovning "Roma"dagi faoliyati va umuman O'zbekiston termasi haqida - Srechko Katanec "The Asian Game" podkasti mehmoni bo'ldi Yangiliklar

Nega O'zbekistonni tanlagani, Saudiyaga qarshi JCH saralash o'yini, SHomurodovning "Roma"dagi faoliyati va umuman O'zbekiston termasi haqida - Srechko Katanec "The Asian Game" podkasti mehmoni bo'ldi

Milliy jamoamiz ustozi The Asian Game mehmoni bo'ldi va terma jamoamiz haqida gapirdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Osiyo futbolini yoritib boruvchi taniqli The Asian Game nashrining maxsus podkastida mehmon bo'ldi. Podkast davomida Srechko Katanec nega O'zbekiston terma jamoasini qabul qilib olgani, Saudiya Arabistoniga qarshi Jahon chempionati saralash o'yini, Eldor SHomurodov va umuman terma jamoamiz haqida o'z fikrlarini bildirdi. Ushbu intervyuni sizga o'zbek tilida taqdim etamiz.

- Podkastimizga xush kelibsiz janob Katanec. Sizni ko'rib turganimizdan g'oyat mamnunmiz. O'zbekiston terma jamoasini qabul qilib olganingizga ham mana bir yildan oshdi. U erdagi faoliyatingiz haqida nimalar deya olasiz?

- Sizlarga ham tashakkur. Albatta, vaqt tez o'tmoqda. O'zbekistonga kelganimga ham mana bir yildan oshdi. Biz hozirda o'z ishimizni qilishda davom etmoqdamiz. O'zbekiston terma jamoasi bilan Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Saralashdagi uch o'yinda g'alaba qozondik. Bir necha kuchli terma jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdik. Bu o'yinlarda jamoamiz potencialiga baho berdik. Umuman olganda, terma jamoa o'zgarmoqda. Biz qilayotgan ishlarimizdan mamnunmiz. Hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar talaygina. 

- O'zbekiston terma jamoasini qabul qilib olishingizga aynan nima turtki berdi? Hammamizga malum, O'zbekiston o'z tarixida ilk bor Jahon chempionati saralashining so'nggi bosqichiga yo'l ololmadi. Umuman, O'zbekiston termasini qabul qilganingizda jamoa qanday ahvolda edi, nimalarni yaxshilash kerakligi haqida o'yladingiz?

- Men Iroq terma jamoasini boshqarayotgan paytim ikki marta O'zbekiston terma jamoasi bilan o'ynagandik. Bir o'yin Dubayda bo'lgandi. O'shanda o'yinlar o'rtoqlik maqomida o'tishiga qaramasdan ikki jamoa bor kuchi bilan harakat qilgandi. Ishoning, men uch yil Iroq terma jamoasida ishlagan bo'lsam Osiyo terma jamoalari ichidan bu kabi kuchli raqibga qarshi o'ynamagandim. O'zbekiston o'shanda bizdan ancha kuchli o'yin ko'rsatgandi. Ammo biz Iroq bilan ikkala o'yinda ham g'alaba qozongandik. O'sha o'yinlarda O'zbekiston terma jamoasining individual mahoratga ega o'yinchilarini ko'rganligim sabab, aynan shu terma jamoani boshqarishga qaror qildim. Endi esa biz ishlashimiz kerak. Albatta, hozir to'g'ri yo'ldamiz. 

Bilasizmi, men zamonaviy futbolni uncha xushlamayman. Hozir hamma pressingga asoslangan futbol o'ynamoqda. Ammo 90 daqiqa bunday o'ynab bo'lmaydi. O'yinning bazi qismlarida bunday o'yin ko'rsatish normal holat, ammo butun o'yin davomida buning iloji yo'q. Dunyoda 90 daqiqa tinmasdan pressing qilib o'ynaydigan jamoaning o'zi yo'q. O'zbekistonlik futbol muxlislari esa aynan shu narsani istashadi. Bu menga ham yoqadi, ammo bunday o'ynash uchun sizda shu talabga javob beradigan futbolchilar bo'lishi kerak. Buning uchun o'yinchilaringiz jismonan juda baqquvvat bo'lishi, himoyachilar esa maydon markazigacha kelib o'ynashi, tezlik bilan bo'sh hududlarni yopa olishlari kerak. Bu esa deyarli ilojsiz ish. Hozir biz astalik bilan o'yinimizni yaxshilab bormoqdamiz. Yuqorida aytganimdek, biz to'g'ri yo'ldamiz. Har bir murabbiy qo'l ostidagi o'yinchilarga tayanadi. Murabbiy sifatida biz ular o'z klublarida qanday o'yin ko'rsatayotganlarini kuzatib borishimiz kerak. O'yinchilar o'z klublarida o'ynayotgan bo'lsalar, albatta. Bu eng muhim masalalardan biri. Misol uchun, qo'l ostimdagi eng zo'r o'yinchi bo'lgan Eldor SHomurodovni olaylik. Eldor "Roma"da qolishga qaror qildi va katta ehtimol u klubda etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmaydi. Bu vaziyat esa albatta milliy terma jamoa murabbiyiga muammo bo'ladi. Qo'l ostingizdagi eng yaxshi o'yinchilardan biri o'z klubida maydonga tushmayotgani terma jamoa o'yinini qurish payti sizga etarlicha qiyinchilik tug'diradi. Umuman olganda, hozirgi vaziyatimiz yomon emas. Ammo hali yaxshilashimiz kerak bo'lgan juda ko'p jihatlar bor. Biz terma jamoada o'yindan oldin sanoqli mashg'ulotlar o'tkazamiz. Umuman olganda barcha terma jamoalarda shunday. Bu bizning ishimiz. Qisqa qilib aytgandi, men terma jamoadan qoniqmoqdaman.

- Bermoqchi bo'lgan ko'plab savollarimizga javob berib ulgurdingiz. Sizdan SHomurodov haqida alohida so'ramoqchiman. Eldor bilan uning kelajakdagi rejalari, boshqa klubga o'tishi borasida suhbatlashdingizmi? Uni "Roma"da etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganini barchamiz ko'rib turibmiz...

- Bilasizmi, futbolchilar bilan bu mavzuda gaplashish mening uslubim emas. Ularning o'z shaxsiy hayotlari, oilalari, o'z maoshlari bor. Eldorning o'zi qolishni xohladimi yoki klub shunday qarorga keldimi, buni bilmayman. Murabbiy sifati har bir o'yinchimning o'z klubida o'yin amaliyotiga ega bo'lishini xohlayman. Hech qanday mashg'ulot o'yinlarning o'rnini bosa olmaydi. Albatta, biz bu masalada suhbatlashdik. Bu transfer oynasi yopilishidan ikki hafta oldin sodir bo'ldi.  Eldor boshqa klubga o'tayotganini aytdi, yakunda esa u "Roma"da qoldi. Nega bunday bo'lganini bilmayman. Biz SHomurodovning qarorini hurmat qilishimiz kerak. Men Eldorning "Roma" tarkibida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga umid qilaman.

- Siz o'rtoqlik uchrashuvlari haqida gapirdingiz. Sababi, O'zbekiston Jahon chempionatining yakuniy saralash bosqichiga yo'l ololmagandi...

- Ha, bu savolingizga o'ylanib o'tirmasdan javob beraman. Men O'zbekistonning saralash bosqichidagi bir necha o'yinlarini ko'rdim. Masalan, ular Saudiya Arabistoniga qarshi o'z uylarida qanday yutkazishganini bilasizmi? Bu juda g'alati bo'lgandi. Ammo bunaqasi futbolda bo'lib turadi. Men ham Sloveniya bilan 7 daqiqa ichida uchta gol o'tkazib yuborgandim. SHveycariyaga qarshi o'yinda ham oxirgi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib mag'lub bo'lgandik. Men bu qanday vaziyat ekanini juda yaxshi bilaman. Aslida, O'zbekistondek jamoa Osiyo kubogi saralashida o'ynashi kerak emas.

- Gaplaringizga qo'shilaman. Mening savolim shunday, siz murabbiy sifatida o'rtoqlik o'yinlariga qanday yondashasiz? O'rtoqlik o'yinlari siz uchun yangi o'yinchilarni sinab olish yoki jamoada eksperiment o'tkazish va shu orqali optimal tarkibni shakllantirish uchun xizmat qiladimi?

- Bilasizmi, bizda vaqt yo'q. Osiyo kubogi keyingi yil iyun oyida o'tkaziladi. Men o'zog'i bilan ikki yoki uchta, bor ana to'rt-beshta yangi o'yinchini termaga jalb qilishim mumkin. Bizda hozir eksperimentlar o'tkazishga vaqt yo'q. Noyabr oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. SHundan so'ng mart oyidagi yig'in va bo'ldi - Osiyo kubogi start oladi. Men jamoadagi barcha o'yinchilar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshi tushunish kerak. SHu bilan birga, ularning madaniyotini hurmat qilishim lozim. O'zbekistonda ko'pchilik musulmon hisoblanadi. Biz barcha mahalliy va xorijdagi futbolchilarning o'yinlarini kuzatib bormoqdamiz. Agarda men uchun muhim bo'lgan biror o'yinchi aynan o'sha payt yaxshi sport formasida bo'lmasa ham men uni terma jamoaga chaqiraveraman. Sababi, bizda vaqt kam va terma jamoada bir-birinchi o'rnini bosadigan 30-40 nafar futbolchi yo'q. Dunyodagi ko'pgina terma jamoalar shu tartibda ishlashini ko'rishingiz mumkin. 

- O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogida juda yaxshi harakat qildi. Umuman olganda malum yosh toifasidagi terma jamoalarning siz boshqarayotgan milliy jamoaga qanday foydali tasirlari bor? Norchaev yoki yana boshqa bir o'yinchilar kelajakda asosiy terma jamoada asosiy figuralardan bo'lishi mumkinmi?

- Albatta, buni vaqt ko'rsatadi. Umuman olganda U-23 terma jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ular faqatgina finalda imkoniyatni boy berishdi. Malum yosh chegarasida o'tkazilidagan musobaqalar asosiy terma jamoa qatnashadigan musobaqalardan butkul farq qiladi.  Masalan, o'sha terma jamoa sardori Jasur Jaloliddinovni olaylik. U "Lokomotiv"ga qaytdi va Superliga o'yinlarida maydonga tushmoqda. Hozirda u Superliga darajasida 50-60 daqiqa o'ynay oladi, chunki u tajribali, kuchli va etuk futbolchilarga qarshi o'ynashiga to'g'ri kelmoqda. Bu boshqa daraja. Biz barcha futbolchilarni kuzatib bormoqdamiz. 

 "Olimpik" loyihasidan xabaringiz bo'lsa kerak. Bu jamoa O'zbekiston futbol federaciyasining loyihasi bo'lib, ular hozirda Superligada o'ynashmoqda. O'tgan mavsum ular Pro Ligada o'ynashgandi. Ular juda tez rivojlanishmoqda va ajoyib futbol ko'rsatishmoqda. "Olimpik" yaxshi ketmoqda. Bundan buyog'iga nima bo'lishini kuzatamiz.

- Adashmayotgan bo'lsam, sizning O'zbekiston terma jamoasi bilan amaldagi shartnomangiz 2025 yilgacha mo'ljallangan va navbatadi Jahon chempionati saralash ciklini o'z ichiga oladi. 2026 yilgi Jahon chempionatida 48 ta terma jamoa qatnashadi va Osiyo uchun 8 ta yo'llanma ajratiladi. Bu o'zgarishning O'zbekiston terma jamoasi uchun ahamiyati qanday? Bilamiz, O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati yo'llanmasiga qo'lga kiritishga ko'p marta yaqin kelgan. O'zbekiston bu imkoniyatdana foydalanib, o'z tarixida birinchi marta Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkinmi?

- Osonroq bo'lishi kerak, chunki Osiyo uchun ko'proq yo'llanma taqdim etiladi. Bilasizmi, hozirgi kunda futbol o'zgarib bormoqda. Jamoalar o'z murabbiylarini birgina mag'lubiyatdan so'ng ishdan bo'shatishmoqda. "CHelsi" va yana bir qancha jamoalarda buni ko'rdik. Umuman butun futbolda shunday vaziyat. Sen shartnomaga imzo chekdingmi, bilki, sen allaqachon bo'shatilding. Biroq men O'zbekistonda bir necha yaxshi insonlarni uchratdim. Ularning niyatlari jiddiy. Maqsadimizga etishimizga ishonaman. Albatta, qiladigan ishlar ko'p. Juda ko'pchilik bu maqsad yo'lida mehnat qilmoqda. Ravshan Ermatov va federaciyadagi juda ko'pchilik futbol rivoji uchun harakat qilmoqda. Albatta, bunga vaqt kerak. Akademiyalar, bazalar qurilish kerak. Infrastruktura barpo qilingandan so'ng bu erda kimlar ishlashi ham muhim masala. Men harakat qilishda davom etaman. Mening maqsadim Jahon chempionatiga chiqish. Agarda Jahon chempionatiga yo'llanma ololmasak, joyimni bo'shatib qo'yaman.

- Sizning avvalgi ish joyingiz Iroq terma jamoasi edi. Iroq terma jamoasi bosh murabbiy bo'lish futbol bilan birgalikda siyosiy ahamiyatga ham ega. Ushbu lavozimda ishlashning qanday qiyin, sinovli taraflari bor edi? Jamoa o'yini yaxshi bo'lsa ham jamoadan ketishingizga to'g'ri keldi. O'sha payt biz bilmagan bazi muammoli vaziyatlar yuzaga kelganmidi?

- Siz takidlagandek, odamlar, prezident almashgandi. Ular esa shu qarorga kelishdi. Bu qaror ham emasdi. O'zaro bahsli holat yuz bergandi. Nima bo'lganda ham men bu vaziyat haqida ortiqcha gapirishni istamayman. Bu men uchun juda yaxshi tajriba bo'ldi.  Iroqdagi faoliyatim haqida kitob yozsa bo'ladi. Jiddiy aytyapman. Sababi, biz juda yaxshi o'yin ko'rsatayotgandik. Men Iroq bilan 38 ta o'yin o'tkazdim va ularning faqat beshtasida mag'lubiyatga uchradik. Koronavirus ham bu vaziyatda katta rol o'ynadi. Virusdan oldin biz butkul boshqa jamoa edik, pandemiyadan keyin esa umuman boshqa jamoaga aylanib qoldik. Iroqda chempionat etti oyga to'xtab qolgandi. O'yinchilar etti oy futbol o'ynashmadi. Tanaffusdan so'ng biz avvalgi darajamizga qaytib chiqa olmadik.

Ular men qo'ygan talablarni bajarishmadi, shartnoma shartlariga ham amal qilishmadi. Iroq 6-7 oy davomida maoshimizni bermadi. SHundan so'ng federaciyaga boshqa rahbariyat keldi. Ular esa meni unchalik ham xushlashmadi. Bor gap shu. O'zbekiston bilan Osiyo kubogiga yo'llanma olganimda iroqlik do'stim menga qo'ng'iroq qilib, bitta musobaqaga ikkita terma jamoani olib chiqqan birinchi murabbiy ekanimni aytdi. Men esa unga bundan xabarim yo'qligini aytdim. U sen Iroq va O'zbekistonni Osiyo kubogiga olib chiqding dedi.

- Butun dunyo bo'ylab murabbiylik qilgansiz. Sloveniya, Greciya, Makedoniya, BAA, Iroq va O'zbekiston kabi davlatlarda ishlagansiz, har xil tajribalar orttirgansiz. Savolim shundan iboratki, murabbiy sifatida siz qanday chaqiruvlarni, maqsadlarni o'z oldingizga qo'yasiz?

- Natijaga erishish. Bundan tashqari, yangi o'yinchilarni topish va ularni terma jamoada o'ynatish, o'sha o'yinchilarning mening qo'l ostimda qanday rivojlanishayotganini ko'rish. To'g'ri, biz yashash uchun pul topishimiz kerak va shuning uchun ham ishlaymiz. Albatta, pul hammamizga kerak. Biroq, men biror narsani rivojlantira olishimga ko'zim etmasa, shu ondayoq bu ishni to'xtataman. SHunday bo'lsa, men osongina ketaman. Men o'z uyimdan minglab chaqirib olisdaman va faqat pul uchun biror ish bilan shug'ullanadigan yoshdan o'tganman. Menga bu kerak emas. Takidlaganimdek, bizning maqsadimiz Jahon chempionati. Bunga birgalikda harakat qilishimiz lozim. O'zbekiston terma jamoasiga hali ham bir necha yangi o'yinchilar kerak. Vaqt tez o'tmoqda, jamoa kuchayishi kerak. Biz albatta maqsadimizga eta olamiz. Jamoaviy ishlash bu o'rinda juda muhim. 

- Ajoyib suhbat uchun sizga rahmat, janob Katanec. Sizga va O'zbekiston terma jamoasiga uzoq yo'l oldidan omad tilab qolamiz. SHuncha yillik urinishlardan so'ng O'zbekiston terma jamoasini va nihoyat Jahon chempionatida ko'ramiz deb umid qilamiz. 

- Rahmat, sizga ham omad tilayman.


Jalolxon Inog'omxo'jaev tarjima qildi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика