Asablar tarang: A Seriya 35-tur prevyusi
30 apr 2022 14:45
Yangiliklar
Asablar tarang: A Seriya 35-tur prevyusi
"Napoli" - "Sassuolo"
"Napoli" o'tgan tur skudettoni qo'lga kiritish imkoniyatidan deyarli mahrum bo'ldi, endi unga etishi ancha qiyin va ko'p narsa faqat "partenopeylar"ga bog'liq emas. Katta ehtimol, Spalletti maksimal darajada hujum qila oladigan tarkibni maydonga tushiradi, etakchilar ham safda tayyor turishibdi. "Sassuolo" avvalgi o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Qolaversa, "neroverdi"ning tarkib bilan bog'liq talaygina muammolari bor. Kiryapolous diskvalifikaciya qilingan, Romanya esa hali to'liq tuzalib ulgurmadi. Hujumda doimiy kvartetni ko'rishimiz mumkin.
Birinchi davra uchrashuvida jamoalar durang qayd etishgan (2:2). Bu gal "Napoli" favorit hisoblanmoqda. Biroq bo'shashmasligi lozim, aks holda, 4-o'rindan ham tushib ketish ehtimoli bor. Taxminimizcha, mezbonlar ko'proq hujum qiladi, ammo "neroverdi" ham qarshi hujum qilishga urinib ko'radi.
SSC Napoli Kalidou Koulibaly - 7', Victor Osimhen - 15', Hirving Lozano - 19', Dries Mertens - 21', Dries Mertens - 54', Amir Rrahmani - 80' |
Serie A . 35-tur 30/04/2022, 19:00 1
:
6
Tugadi
|
Sassuolo Maxime Lopez - 87' |
Stadion: Diego Armando Maradona, 32000 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Rapuano
"Yuventus" - "Veneciya"
"Sassuolo" ustidan qozonilgan g'alaba, albatta, "byankoneri"ni qattiq xursand qildi. Ammo "Yuventus"ning tarkib borasida muammolari bor. De SHilo kichik jarohatiga qaramay, maydonga tushishi mumkin. Hujumda Morata va Vlaxovichni, ularning oldida esa Dibalani ko'rishimiz mumkin. "Veneciya"ning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etmoqda. Qolaversa, jamoa takribida ham muammolar bor. Vakka va Modolo oxirgi uchrashuvda jarohatlanishgan. SHu sababli, o'yinni o'tkazib yuborishligi mumkin. Serxio Romero esa hali tiklanib ulgurmadi.
So'nggi o'zaro bahsda Veneciyada jamoalar murosa yo'lini tanlashgan (1:1). Ammo hozir vaziyat umuman boshqacha, "Yuve" yaqqol favorit va hech qiyinchiliksiz ishonchli g'alabaga erishishi mumkin. "Veneciya" unga qarshilik ko'rsatishi qiyinroq bo'lsa kerak.
Juventus Leonardo Bonucci - 7', Leonardo Bonucci - 76' |
Serie A . 35-tur 01/05/2022, 16:30 1
:
2
Tugadi
|
Venezia Mattia Aramu - 71' |
Stadion: Allianz Stadium, 39000 tomoshabin
Bosh hakam: Alessandro Prontera
"Milan" - "Fiorentina"
"Milan" hozir skudetto uchun bor kuchi bilan kurashmoqda va o'yinga yaxshi formada etib keldi. Bennaser maydonga tushishi so'roq ostida, biroq katta ehtimol sog'ayib ulgurishi mumkin. Hujumda Jiru-Leao juftligini ko'ramiz. Zaxirada esa o'tgan uchrashuvda katta yordam bergan Zlatan har daqiqa maydonga tushishga tayyor turadi. "Fialkalar" "Udineze"ga qarshi bahsdan so'ng, kerakli xulosalar chiqarishdi deb umid qilamiz. Jamoa to'plangan holda o'ynashga harakat qiladi, tarkib bilan bog'liq muammolar yo'q. Gonsales va Saponaraning jarohati esa unchalik jiddiy emas.
O'tgan uchrashuvda "Fiorentina" 4:3 hisobida g'alaba qozongan. Lekin titul uchun kurashayotgan "Milan" yaqqol favorit sanalmoqda. Ammo "fialkalar" hayron qoldirish xususiyatiga ega ekanini ham unutmaslik lozim.
AC Milan Rafael Leao - 82' |
Serie A . 35-tur 01/05/2022, 19:00 0
:
1
Tugadi
|
Fiorentina |
Stadion: San Siro, 70000 tomoshabin
Bosh hakam: Paolo Valeri
"Udineze" - "Inter"
"Udineze" oxirgi "Fiorentina" qarshi uchrashuvda ajoyib o'yin ko'rsatdi, biroq jarohati sababli Betu va Santurro jamoasiga yordam berolmaydi. Hujumda Deulofeu bilan Saksess harakatlanadi. Sariq kartochkalari soni oshib ketgani tufayli CHalxanoglu bahsni o'tkazib yuboradi. Uning o'rniga Vidal va Galyardini o'ynaydi, lekin ularning jarohati bor... SHuningdek, Bastoni, Gosens va Xandanovich maydonga tushishi ham so'roq ostida turibdi.
Oxirgi o'zaro o'yinda "Inter" uyda "Udineze"ni ishonchli tarzda mag'lub etgan (2:0). Bu gal ham jamoa favorit bo'lsa-da, xatoga yo'l qo'ymay, harakat qilishi lozim.
Udinese Ignacio Pussetto - 72' |
Serie A . 35-tur 01/05/2022, 22:00 2
:
1
Tugadi
|
Inter Ivan Perisic - 12', Lautaro Martinez - 39' |
Stadion: Dacia Arena - Stadio Friuli, 20910 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Chiffi
"Roma" - "Bolonya"
"Roma" qiyinroq davrni boshdan o'tkazmoqda. Konferenciyalar Ligasidagi o'yin futbolchilarga katta tasir ko'rsatdi. Sariq kartochkalari soni ko'pligi tufayli Serxio Oliveyra "bo'rilar"ga yordam berolmaydi. Veretu va Mxitaryan maydonga tushishi so'roq ostida turibdi, ikkisining ham mushaklarida charchoq bor. Ammo "Bolonya" "Inter"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng yana hayron qoldirishga harakat qilib ko'radi. "Rossoblu"da jarohat ham, diskvalifikaciya ham yo'q. SHu sababli, avvalgi tarkibni yana ko'rishimiz mumkin.
O'tgan o'zaro uchrashuvda "Bolonya" uyda g'olib bo'lgan (1:0). Bu gal esa "Roma" yaqqol favorit sifatida ko'rilmoqda. Ammo "Bolonya" bilan o'yinda "Inter", "Yuventus" va "Milan" ham favorit hisoblangan, lekin natija juda muvaffaqiyatli yakun topmaganini unutmaslik lozim.
Roma |
Serie A . 35-tur 02/05/2022, 00:45 0
:
0
Tugadi
|
Bologna |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 62988 tomoshabin
Bosh hakam: Michael Fabbri
Sergey Rumyancev
Fikrlar