Asabi bo'shlar ko'rmasin! "Stok Siti" sardori og'ir jarohat oldi
28 iyu 2019 01:15
Yangiliklar


Asabi bo'shlar ko'rmasin! "Stok Siti" sardori og'ir jarohat oldi
Stok Siti o'z uyida Lester bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Bahsda «tulkilar» Mark Olbrayton hamda Yuri Tilemansning gollari evaziga 2:1 hisobida zafar quchishdi. Mezbonlardan javob to'pini Nikolas Pauell urdi.
Uchrashuv birinchi bo'limining so'nggi daqiqalarida «Stok Siti» sardori Rayan SHoukross autga ketayotgan to'pni qaytaraman deb chap oyog'ini qayirib olishi oqibatida og'ir jarohat oldi.
Uning o'rniga esa maydonga Liam Lindsey tushirildi. Endi 31 yoshli himoyachi yangi mavsumni to'liq o'tkazib yuborishi mumkin.
TAS-IX emas
O’xshash yangiliklar

Fikrlar