So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  1 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

ARXIV. Vilyanueva va Rivaldodan dubl, 11 yil oldin "Bunyodkor" "Navbahor"ni yirik hisobda mag'lub etgan o'yin Yangiliklar

ARXIV. Vilyanueva va Rivaldodan dubl, 11 yil oldin "Bunyodkor" "Navbahor"ni yirik hisobda mag'lub etgan o'yin

Video arxiv rukni doirasida bugun 11 yil oldin bo'lib o'tgan bahsga etibor qilamiz.

2009 yil Oliy liganing 13-turida Namanganing "Navbahor" klubi Toshkentda "Bunyodkor" klubi mehmoni bo'lgan. O'sha o'yinga qadar "qaldirg'ochlar" 10ta o'yinda 10ta g'alabaga erishgan, "lochinlar" esa 11ta uchrashuv o'tkazib, 15 ochko to'plashgan edi.

"Bunyodkor" safida Rivaldo, Xose Luis Vilyanueva, Edson Ramos, Luizao va Joao Viktor kabi mashhur legionerlar o'ynashardi. "Navbahor"da esa bosh murabbiy turkmanistonlik Rahim Qurbonmamedov bo'lgani bois turkmanistonlik uch nafar legioner to'p tepardi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan hujumga o'tgan mezbonlar hujumchisi Xose Luis Vilyanueva uch daqiqa ichida dublga erishadi.

Birinchi taymni o'zida Rivaldo ham ikkita gol urishga erishadi.

Ikkinchi taymda katta sahnaga o'zbekistonlik futbolchilar chiqishadi. Dastlab Server Jeparov, so'ngra Anvar Soliev o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishadi. Yakuniy natija 6:0.



BUNYODKOR - NAVBAHOR - 6:0 (4:0)
21.06.2009. 13-tur. Toshkent. "Jar" stadioni. 5815 tomoshabin.
Bosh hakam:
Rustam Hamidov - 9,2.

Gollar:
1:0 - Vilyanueva Xose Luis, 13
2:0 - Vilyanueva Xose Luis, 16
3:0 - Rivaldo, 24
4:0 - Rivaldo, 40
5:0 - Jeparov Server, 57
6:0 - Soliev Anvar, 90+2

"BUNYODKOR": Zuhurov Murodjon; Luizao; G'ofurov Anvar; Edson Ramos; Rivaldo (Haydarov Azizbek, 46); Vilyanueva Xose Luis; Hasanov Jasur (Salomov SHavkat, 46); Soliev Anvar; Jo'raev Sahob; Joao Viktor; Jeparov Server (Tojiboev Kamoliddin, 74).

"NAVBAHOR": Berdiev Bayramniyoz; SHelenkov Yuriy; Pirmatov Otabek (Nizambaev Elmurod, 72); Xojiev Didar; Jabbarov Dilshod; Risqullaev Akmal; Yuldashev Bahrom (Sultonov Timur, 46); Boydadaev Ilhom (Fozilov Muxtor, 58); Karadanov Mamedali; Mahmudov Alisher; Mehmonov Jahongir.

Ogohlantirish: SHelenkov Yuriy, 69.



Videoni taqdim etgan Bahodir Mirzaevga saytimiz muxlislari nomidan minnatdorchilik bildiramiz. 

Fotogalereyani taqdim etgan Hasan Pirmuhammedovga saytimiz muxlislari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика