So’nggi yangiliklar

20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  3 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  1 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  2 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  17 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  1 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  1 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  4 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  9 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  5 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  2 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  6 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  6

Arveladze aytgan xatolar "Paxtakor"ning zarariga ishladimi? Yangiliklar

Arveladze aytgan xatolar "Paxtakor"ning zarariga ishladimi?

Kechagi derbi taqdirini hal etgan gol, umuman uchrashuvdagi hakamlik haqida barcha gapirmoqda.


Avvalo bu kabi derbiga, ikkita principial jamoalar to'qnashuvi va OCHL yo'llanmasini hal etadigan bahsga tajribali hakam qo'yilmagani g'alati bo'lgandi.


O'yin paytida O'FF rasmiy saytida Noil Lutfulin o'z arizasiga binoan ishdan ketgani haqida malumot chiqdi.
Demak hozir bu kabi markaziy o'yinga kim bu hakamlarni tayinlagani haqida gapirishdan foyda yo'q.

"Paxtakor" ishtirokidagi navbatdagi o'yin ham hakamlarning xatosiz bo'lmadi. Bu albatta ko'ngilni xira qiladi.


"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladzening matbuotda juda chiroyli gaplarni tanlab aytish sanatiga gap yo'q. Albatta bu borada ushbu mutaxassis ancha gapga chechan va qanday gapirishni biladigan murabbiy ekanligiga shubha yo'q. Ammo faqat chiroyli gaplar bilan ish bitmaydi.

Arveladze hakamlik haqida gapirarkan, har safar "Paxtakor"ning qator gollari inobatga olinmaganini takrorlashdan charchamayapti. Uning aytishicha, jamoaning 5ta kiritgan goli inobatga olinmagan. Arveladzening bu gaplariga qo'shilmasdan iloji yo'q. Bu borada gruziyalik mutaxassis ayni haqiqatni aytmoqda.
Lekin bir o'ylab ko'raylikchi, ushbu kiritilgan gollar inobatga olinmagan o'yinlardagi hakamlarning ushbu xatolari "Paxtakor"ning zarariga ishladimi? Yo'q.


Arveladze qo'l ostida jamoa Navoiyda "Qizilqum" bilan durang o'ynadi. Bu o'yinda hakamlik haqida ortiqcha gap bo'lgani yo'q. Keyinchalik Samarqandda Ermatov boshqargan bellashuvda durang qayd etildi. Ravshan Ermatov o'yinni alo boshqargan va yuqori ballga munosib ko'rilgan. Arveladze ham bu uchrashuvdan keyin hakamlik haqida gapirmagandi.
Keyinchalik Namanganda jamoa yutqazdi va Arveladze bu bahsda ham hakamlar o'z ishlarini ajoyib tarzda uddalashganini Buxoradagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ham alohida takrorladi.

Xush, inobatga olinmagan gollarning barchasi "Paxtakor" g'olib bo'lgan o'yinlarda va yutib turgan paytlarga to'g'ri keldi. Aytmoqchi bo'lganim, o'sha Arveladze aytayotgan hisobga olinmagan gollarning hech bir o'yin natijasiga hech qanday tasir o'tkazgani yo'q.

Xush, endi Toshkentdagi "Qo'qon-1912"ga qarshi bellashuvdagi mehmonlarning uchrashuvning dastlabki daqiqalarida kiritgan toza goli o'yindan tashqari holat deb inobatga olinmadi. Bu paytda tablodagi hisob 0:0 edi. Agarda qanot hakami o'sha toza golni to'g'ri baholay olganida, balki "Qo'qon-1912" "Paxtakor"ga yutqazmagan bo'larmidi, yani bu xato bevosita o'yin taqdiriga tasir o'tkazgani aniq.
Ammo ushbu bellashuvdan keyin Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhiga nisbatan O'FF chora ko'rdi.

Endi Buxorodagi o'yinga to'xtalsak, bu bahsda ham "Paxtakor" kiritgan birinchi gol bahsli penaltidan keyin yuzaga keldi. "Buxoro" futbolchisi Ergash Ismoilov bu vaziyatda Tiago Bezerraga umuman tegmaganini malum qildi va takroriy lavhalarda ham penalti yo'qligi shundoq ko'rinib qoldi. Demak SHerzod Qosimovning bu xatosi o'yin natijasiga baribir o'z tasirini ko'rsatdi.

Endi kechagi hakamlikni barcha ko'rdi. Avvaliga Nurmatovning jarima maydonchasi ichida yiqilgani simulaciya deya baholandi. Keyinchalik to'p darvozani chizig'ini kesib o'tmagan bir paytda yon hakam gol kashf qildi va Aziz Asimovning o'sha yon hakam bilan uzoq olib borgan muzokarasidan keyingina haqiqat qaror topdi.


Ammo bu bilan kulminaciya tugamadi.
O'yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Kamol Tojievning offsayddan urgan golini yana o'sha qanot hakami Doniyor Saylavov ko'rmay qoldi. Yo'q golni ko'rgan yon hakam negadir bemalol ko'rinadigan o'yindan tashqari holatni ko'rmadi.
Hamma xato qiladi, ayniqsa hakamlarga qiyin. Gapirish oson, to'g'ri. Lekin yon hakamning vazifasi nima? O'sha o'yindagi offsayd, o'z hududidagi qoidabuzarliklarni qayd etishdan iborat. Ular shu ishlari uchun maosh olishadi. O'sha vaziyatda hakam shunchaki xato qildi, deyish mumkin. Lekin hakam bu offsaydni ko'rmay qolishi juda g'alati. Bahsli offsayd bo'lganida ham tushunsa bo'lardi. Nazoratchi ham aynan o'sha hakamga eng past bahoni qo'ydi.

"Paxtakor"ning ketma-ket uchinchi g'alabasi ham hakamlarning xatosidan keyin qo'lga kiritilmoqda. Arveladze esa o'yin natijalariga umuman tasir qilmagan 5ta gollarini inobatga olishmaganidan ranjimasa ham bo'laveradi. Aynan mana shu oxirgi uchta o'yinda Arveladze jamoasi hakamlarga hech qanday savollar qoldirmasdan raqiblarini yutib tashlagani yo'q.


"Bunyodkor" jamoasi, futbolchilari va murabbiylarining o'yindan keyingi holatini hamma tushunib turibdi. Kecha "Bunyodkor" "Paxtakor"ga yutqazmadi yoki Qosimovni Arveladze yutmadi. Buni hamma ko'rdi.

CHempionatimizni kuchaytirishmiz kerak, deyapmiz. Ammo bu kabi o'yinlar, bunday hakamlikdan keyin chempionatimiz kuchayadimi, degan savollar ko'payib ketmoqda. Muxlislarni stadionga chorlashimiz kerak, deymiz. Ammo aytingchi, kechagi shov-shuvli hamda barchani lol qoldirgan offsayd va yo'q golni kashf qilinishini muxlislarni stadionga qaytaradimi?

Umid qilamiz, oxirgi vaqtlarda futbolimizdagi bo'layotgan voqealar va hakamliklardan keyin O'FF tegishli choralarni ko'radi.

Hakamlarning xatolari uchun "Paxtakor" klubi javobgar emas.

O'FF bu ishlarni o'rganib chiqib, futbolimizni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilayotgan rahbariyat kerakli yo'lni tanlashlariga ishonib qolamiz.

Muallif :
Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика