Artyom Filiposyan jamoasi Tailand liga Kubogi g'olibiga aylandi
25 okt 2019 15:26
Yangiliklar


Artyom Filiposyan jamoasi Tailand liga Kubogi g'olibiga aylandi
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Artyom Filiposyan to'p tepayotgan Tailandning "Prachuap" klubi sovrin qo'lga kiritdi.
"Prachuap" mamlakat liga Kubogida zafar quchdi. Klub finalgacha "Tonburi Universiteti" va "Polis Tero" jamoalarini taslim etdi. Filiposyan to'p tepayotgan klub sovrin uchun kechgan bahsda "Buriram Yunayted" bilan kuch sinashdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Qo'shimcha bo'limlarda ham g'olib aniqlanmagach penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Omad "Prachuap"ga kulib boqdi.
Artyom Filiposyan va uning jamoadosh hamda murabbiylariga sovrin homiysi nomi tushirilgan medallar taqildi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" safida bir necha mavsumni o'tkazgan Adnan Oraxovac ham "Prachuap" sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar