Arturo Vidal Xitoyga ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2017, 16:41
"Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal klubini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.

30 yoshli futbolchining fikricha, u hozir Xitoy klublarining biri bilan moliyaviy tomondan yaxshi bo'lgan shartnoma imzolashi mumkin. Biroq nemis grandi rahbariyati va bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vidal bilan xayrlashmoqchi emas. Oldinroq Xabi Alonso butsalarini mixga ilgan edi.

So'nggi mavsum yakunlariga ko'ra, Vidal Bundesliganing 27 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1