So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Artur Yunusov: Mundialdagi har bir o'yin final maqomida bo'ladi Yangiliklar

Artur Yunusov: Mundialdagi har bir o'yin final maqomida bo'ladi

Teglar :  Artur YunusovFutzal
Biz Ozarbayjon termasiga qarshi kechgan o'yin arafasida terma jamoamiz sardori Artur Yunusovdan intervyu olib, uning bo'lajak muhim musobaqa oldidan qanday fikrda ekanligi bilan qiziqdik.

- Artur, Qozog'iston termasiga qarshi kechgan o'yin va u erda tashkil etilgan qisqa muddatli yig'in haqida malumot bersangiz. Murabbiylarning bu yig'indan ko'ngli to'ldimi?

- Hozir bor etiborimiz kelasi oy Kolumbiyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga qaratilgan. Mundialga tobora oz fursat qolmoqda. Qozog'istondan avval Toshkentda tashkil etilgan yig'in chog'ida Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari ham o'tkazgan edik. Oldimizda Ozarbayjon bilan ikkita o'yin, undan keyin Portu shahrida Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari bilan o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi. Federaciya barcha sharoitlarni yaratib beryapti. Ushbu yig'in va o'rtoqlik o'yinlarining bari bevosita JCHga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi. Endi bevosita Qozog'iston termasi bilan o'tkazgan o'yinlarga kelsak, garchi ikkala uchrashuvda ham mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, bu bahslar bizning foydamizga xizmat qildi.


- Ikkala o'yin bir-biridan keskin farq qildi. Birinchi uchrashuvda yirik hisobdagi mag'lubiyat qayd etildi, ikkinchisida ikki to'p farqi bilan g'alaba qozona turib, shuncha to'p farqiga yutqazdinglar. Bu nima bilan bog'liq holat?

- Birinchi o'yindagi 1:6 hisobidagi mag'lubiyatga o'zimiz sababchimiz. O'z aybimiz bilan bunday mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Maydon egalari deyarli bexato harakat qilishdi va aksincha, bizni jazolashdi. O'tkazib yuborgan gollarimiz ham xatolar evaziga yuzaga keldi. SHunga qaramay, uchrashuv ancha keskin va hujumkor ruhda o'tdi. O'yin hisobga mos bo'lmadi, deyish mumkin. Ikkinchi uchrashuvda esa umuman boshqacha scenariyga guvoh bo'lindi. Biz yaxshiroq o'ynay boshladik. Xatolar ham kamaydi. Raqib jarima maydonida ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Hujumlarimiz o'ta keskin va shiddatli tus oldi. Buning natijasida birinchi bo'lib hisobni ochdik. Keyin hujum qilish barobarida juda yaxshi himoyalanganimizni ham aytib o'tishim kerak. Menimcha, Qozog'iston terma jamoasi bizdan bunday o'yinni kutmagandi. Tez orada ikkinchi to'pni ham kiritdik. SHundan keyingina mezbonlar uyg'onishdi. Buning natijasida muvozanatni tiklashdi. Hisob 2:2 bo'lib turgan paytda ularning murabbiylari maydonga beshinchi o'yinchini ham tushirishdi. Buning natijasida, qozog'istonlik futzalchilar hisobda oldinga chiqib olishdi. Malumki, Qozog'iston terma jamoasining asosiy tarkibini braziliyalik mahalliylashtirilgan futzalchilar tashkil qiladi. Aynan ularning tezkor harakatlari evaziga uchinchi golni urishdi. Endi bu holatda bizning murabbiyimiz maydonga darvozabonning o'rniga beshinchi futzalchini tushirdi. Natijada golga tortadigan etarlicha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, hal qiluvchi pallada ulardan foydalana olmadik. Maydon egalari so'nggi daqiqada bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilishdi. Tan olish kerak, bugungi kunda Qozog'iston terma jamoasi juda kuchli va dunyoda o'z o'rniga ega. Evropa futzali baribir, boshqa qitalardan bir bosh ustun. Biz uchun ikkala o'yin ham foydali bo'ldi.


- Jahon chempionati guruh bosqichidagi raqiblarimizni o'rganish jarayoni qanday ketyapti?

- Malumki, terma jamoamiz qura natijasiga ko'ra, Panama, Portugaliya va mezbon Kolumbiya termalari bilan bir guruhdan joy olgan. Jahon chempionatida ilk marotaba ishtirok etamiz. Albatta, o'ziga yarasha hayajon bo'ladi. Lekin ayni paytda biz bu haqda o'ylayotganimiz yo'q. Oldimizga qo'yilgan birinchi vazifa - pley-offga chiqish. Muhimi ishtirok, degan o'y-xayol yo'q. Oldimizga faqat oliy maqsadlarni qo'yganmiz. Jahon chempionatiga oddiy jamoalar bormaydi. Har bir o'yin final maqomida bo'ladi. Menimcha, guruhdagi birinchi o'yinimiz ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi. Dastlabki raqib - Panama termasi haqida deyarli malumot yo'q. Portugaliya jamoasiga tarif berish shart bo'lmasa kerak. Tarkibida dunyoning eng kuchli futzalchisi - Rikardino o'ynaydi. U o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, dunyoning eng yaxshi futzalchisi, deb topilgan. Kolumbiya esa musobaqa mezboni. Ularni muxlislar har bir o'yinda qo'llab-quvvatlab turishadi. Bu ham mezbonlarga qo'shimcha imkoniyat eshiklarini ochadi. Muxlislarning yordami qanchalik tegishini shu yil Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ham ko'rdik.

- Yaqinda Vetnam chempionatida o'ynab qaytdingiz. Taassurotlar qanday bo'ldi?

- Vetnam chempionati men uchun begona emas. Avval ham o'ynaganman. U erdagi tanishlarim taklif qilishdi. Ikki oydan oshiqroq vaqt mobaynida o'ynadim. Xalqaro kubok musobaqasida ishtirok etdik. Ijara muddati yakunlangach, yana Ardus safiga qaytdim.

- Jahon chempionatidan keyin ham Vetnam chempionatida o'ynash istagi bormi? Balki kelishuvda shunday band bordir?


- Hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q. Oldinda faoliyatimizdagi eng muhim musobaqa turibdi. Ko'p yillik orzularimizni ushaltirgan mundialda munosib tarzda ishtirok etib, yorqin iz qoldirishni maqsad qilganmiz. Jahon chempionatidan keyin esa balki yanada kuchliroq chempionatda o'ynarman. Axir, jahon chempionati bu - bozor-ku!

K.ALIMOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика