So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  155 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  134 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Artur Gevorkyan: "SHerlar”ga qarshi o'tkazgan o'yinimdan qoniqish hosil qilmadim” Yangiliklar

Artur Gevorkyan: "SHerlar”ga qarshi o'tkazgan o'yinimdan qoniqish hosil qilmadim”

Kecha O'zbekiston chempionati 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Toshkentning "Paxtakor" klubi o'z uyida Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qildi va (3:1) hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng "Qizilqum" klubi futbolchisi Artur Gevorkyan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“CHempionatning ilk turidagi uchrashuv har qanday jamoa uchun qiyin bo'ladi. Birinchi o'yin bo'lgani uchun hayajon bo'lgan bo'lishi mumkin. Dastlabki bo'lim ikkinchisiga qaraganda qiziqarli bo'ldi, deb o'ylayman. O'yin tempi ham yuqori bo'ldi. 

Ikkinchi bo'limda o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik va himoyadagi xatolarimiz tufayli o'z darvozamizdan 3 to'p olib chiqdik. G'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirdik. "Paxtakor"ga qarshi bahs biz uchun omadsiz  bo'ldi, deb hisoblaylik. 

Mag'lubiyatda barchaning aybi bor. Alohida bir futbolchini aybdor qilib ko'rsatqochi emasman. SHuning uchun ushbu mag'lubiyatni tezda esimizdan chiqarib, ikkinchi turga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. 

“Paxtakor” klubi ancha yildan beri oliy ligada o'ynab kelmoqda. Ushbu klubda terma jamoaga nomzod bo'lgan bir qator futbolchilar bor. “SHerlar”ga qarshi o'tkazgan o'yinimdan qoniqish hosil qilmadim. Mana shu mag'lubiyat barcha uchun dars bo'lib qolsin” – deydi “Qizilqum” klubi futbolchisi Artur Gevorkyan.



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi. 


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика