Arteta Obameyangni "Arsenal"da saqlab qolmoqchi. Hujumchining o'zi ECHLda o'ynashni istaydi
03 iyu 2020 01:36
Yangiliklar


Arteta Obameyangni "Arsenal"da saqlab qolmoqchi. Hujumchining o'zi ECHLda o'ynashni istaydi
Futbolchi bilan muzokaralarni "to'pchilar" ustozining shaxsan o'zi o'tkazmoqchi.
"Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyangning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida nihoyasiga etadi. SHu tufayli Mikel Arteta futbolchini jamoada qoldirish uchun harakat qilib ko'radi, deyiladi Daily Telegraph xabarida.
Takidlanishicha, gabonlik hujumchiga "Barselona", "CHelsi" va PSJ klublari taklif bilan chiqishi kutilmoqda. 30 yoshli futbolchining o'zi esa Evropa CHempionlar Ligasida o'ynamoqchi.
U joriy mavsum 17ta gol urib, 2 bor jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar