Arteta Obameyang bugun nega asosiy tarkibda maydonga tushmaganini aytdi. Bu jarohat tufayli emas
14 mar 2021 23:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625414_original.jpg)
![](/upload/storage/625414_220.jpg)
Arteta Obameyang bugun nega asosiy tarkibda maydonga tushmaganini aytdi. Bu jarohat tufayli emas
APL 28-turidan o'rin olgan “Arsenal” – “Tottenxem” (2:1) bahsida mezbonlar sardori Per-Emerik Obameyang zaxirada qoldirildi.
Jamoa ustozi Mikel Artetaning so'zlariga ko'ra, gabonlik forvard klub ichki tartibini buzgan.
“U uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi kerak edi. Bizda ichki tartib buzilishi bilan bog'liq vaziyat yuzaga keldi, shu tufayli u zaxirada qoldi. Holatni tahlil qilib oldik va oldinga harakat qilishda davom etamiz.
Bu ichki masala. Uchrashuv oldidan malum bir jarayon bor va uni hurmat qilish lozim, bori shu. Barchasini tahlil qildim va shunday qarorga keldim”, deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar