Arteta nega Obameyang "Arsenal"da qolganini aytdi
19 sen 2020 12:28
Yangiliklar
Arteta nega Obameyang "Arsenal"da qolganini aytdi
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta 31 yoshli gabonlik forvard Per-Emerik Obameyang bilan shartnoma uzaytirilgani haqida gapirdi.
"Obameyangning biz bilan qolganining asosiy sababi bizda ajoyib jamoa borligidir. "Arsenal"da haqiqiy professional insonlar ishlashadi. SHu bilan birga, Per-Emerik muxlislarning sevgisini his qiladi", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, bundan bir necha kun oldin Obameyang "to'pchilar" bilan shartnomasini 3 yilga uzaytirgandi.
Futbolchi London klubiga 2018 yilning yanvar oyida kelgan. Bu vaqt davomida forvard 111ta o'yinda maydonga tushib, 72ta gol va 15ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar