Arteta "Benfika"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi
19 fev 2021 08:10
Yangiliklar


Arteta "Benfika"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Benfika"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz o'yinni nazorat qildik va juda yaxshi golli vaziyatlar yaratdik. Gol o'tkazib yuborganimizdan afsusdaman. Burchak to'pidan so'ng biroz tarqalib ketdik va penalti "ishlab oldik". Ammo bunga yaxshigina javob berdik va ajoyib gol urdik.
O'yin darajasini ushlab turishga harakat qildik. So'nggi 20 daqiqada har ikki jamoa o'yinini kuchaytirdi, ammo umuman olganda biz bundanda yaxshirog'iga loyiq edik", - dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25

Fikrlar