Arteta: "Ben bizning asosiy maqsadimiz edi. U aqlli himoyachi"
30 iyu 2021 21:09
Yangiliklar
Arteta: "Ben bizning asosiy maqsadimiz edi. U aqlli himoyachi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Ben Uaytning "Brayton"dan klubga ko'chib o'tganiga izoh berdi.
"Ben bizning asosiy maqsadimiz edi. Uning transferini oxiriga etkaza olganimiz soz bo'ldi. Ben ikki yaxshi klub — "Brayton" va "Lids" sabog'ini olgan. U ikki xil sxemada o'ynab, bundan foyda topdi hamda "Brayton"da ham, ijara asosida "Lids"da ham o'zining qanchalik iqtidorli ekanligini ko'rsatdi.
Uayt — aqlli himoyachi, u to'p bilan yaxshi muomala qiladi. Uning uslubi bizga mos keladi. Albatta, u hali yosh, shuning uchun uning yoshi va darajasi biz bu erda tiklayotgan jamoaga mos keladi. Umid qilamizki, Ben bizning uzoq muddatli rejalarimizda asosiy rollardan birini o'ynaydi", — dedi ispaniyalik murabbiy.
Fikrlar