Arteta: “Arsenal” to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Obameyang qachon maydonga qaytishini bilmayman”
31 jan 2021 09:26
Yangiliklar
Arteta: “Arsenal” to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Obameyang qachon maydonga qaytishini bilmayman”
-Biz to'g'ri yo'ldan ketmoqdamiz. Barcha futbolchilar biz “qurayotgan” loyihaga o'z hissasini qo'shishga harakat qilmoqda.
-Smit-Rouning o'yinini qanday baholaysiz?
-O'ylashimcha, u haqiqatan ham yaxshi o'yin o'tkazdi. U hujumlarga qo'shilgan vaqtida darhaqiqat vaziyatni o'zgartira oldi. Himoyada ham qattiq mehnat qildi. Mazkur bellashuvda u o'zining ijobiy jihatlarini ko'rsata oldi.
-Obameyangning yo'qligini qanday izohlaysiz?
-Biz protokol qoidalariga amal qilishimiz shart. Unga ko'ra ayni paytda futbolchi maydonga tushishi mumkin emas. Unda oilaviy muammolar bor va Per bu muammoni hal qilishi kerak.
-U qancha vaqtdan keyin maydonga qaytishi mumkin?
-Bilmayman. Biz APL va hukumat bilan u borada ishlayapmiz. U oilasi bilan birga edi, hozir esa karantinga olingan
Fikrlar