Arteta: “Arsenal” to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Obameyang qachon maydonga qaytishini bilmayman”

31 yanv 2021, 09:26
“Arsenal” bosh murabbiyi Mkel Arteta APL 21-turi doirasida “Manchester Yunayted”ga (0:0) qarshi bellashuvdan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

-Biz to'g'ri yo'ldan ketmoqdamiz. Barcha futbolchilar biz “qurayotgan” loyihaga o'z hissasini qo'shishga harakat qilmoqda.

-Smit-Rouning o'yinini qanday baholaysiz?

-O'ylashimcha, u haqiqatan ham yaxshi o'yin o'tkazdi. U hujumlarga qo'shilgan vaqtida darhaqiqat vaziyatni o'zgartira oldi. Himoyada ham qattiq mehnat qildi. Mazkur bellashuvda u o'zining ijobiy jihatlarini ko'rsata oldi.

-Obameyangning yo'qligini qanday izohlaysiz?

-Biz protokol qoidalariga amal qilishimiz shart. Unga ko'ra ayni paytda futbolchi maydonga tushishi mumkin emas. Unda oilaviy muammolar bor va Per bu muammoni hal qilishi kerak.

-U qancha vaqtdan keyin maydonga qaytishi mumkin?

-Bilmayman. Biz APL va hukumat bilan u borada ishlayapmiz. U oilasi bilan birga edi, hozir esa karantinga olingan

O'xshash yangiliklar


Manba: Football.London