Arshavin va Karpinni ortda qoldirgan Dzyuba: "Maqsadim - Kerjakov"
11 iyu 2019 19:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/500673_original.jpg)
![](/upload/storage/500673_220.jpg)
Arshavin va Karpinni ortda qoldirgan Dzyuba: "Maqsadim - Kerjakov"
Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba milliy jamoasi tarixida eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib olgani haqida fikr bildirdi.
Evro-2020 saralashidagi San-Marinoga (9:0) qarshi bahsda Dzyuba poker qayd etdi va terma jamoa safidagi gollari sonini 20taga etkazib oldi.
"Karpin va Arshavinni ortda qoldirganim shunchaki yoqimli. Maqsadim — Kerjakov. Men uni ortidan boraman (kuladi). U nechta gol urgan, 30ta? Lekin, bilmadim, ko'ramiz. Yaratgandan meni sog'-omon qilib turishini va yigitlar maydonda uzatmalar bilan taminlab turishligini istayman", - deydi Dzyuba.
Dzyuba Arshavin hamda Karpindan o'zib ketdi
"Qizig'i, o'shanda men kamerani ko'rmaganman..." — Artyom Dzyuba (intervyu)
Bugun Rossiya o'z maydonida Kipr bilan o'ynaydi. Uchrashuv 23:45da boshlanishi belgilangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar