Arshavin: “Messi Ronalduning xet-trik qayd etganini biladi”
14 mar 2019 01:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/483164_original.jpg)
![](/upload/storage/483164_220.jpg)
Arshavin: “Messi Ronalduning xet-trik qayd etganini biladi”
Londonning “Arsenal” klubi sobiq futbolchisi Andrey Arshavin CHL doirasidagi “Barselona” hamda “Liona” to'qnashuvi oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Messi? U kecha Ronaldu xet-trik qayd etganini biladi. Leo ham bo'lajak bahsda o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. “Lion” esa Messiga o'yin bermay, uni yopishga urinsa kerak. Ammo, Messini to'xtatish uchun jamoa azolari bir-biriga ko'maklashishi kerak. “Lion”ning imkoniyati? Imkoniyat har doim bor. Franciyaliklarning har bir goli uchun, “Barselona” ikkita gol bilan javob berishi kerak bo'ladi.” - deydi 2018 yilda faoliyatiga yakun yasagan rossiyalik futbolchi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar