"Arsenal"ning yangi sardori bo'lish uchun asosiy davogar nomi malum bo'ldi
18 iyu 2019 23:57
Yangiliklar


"Arsenal"ning yangi sardori bo'lish uchun asosiy davogar nomi malum bo'ldi
Yarim himoyachi Granit Jaka "Arsenal"ning yangi sardoriga aylanishi mumkin.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi ayni damda ushbu rol uchun asosiy davogar sifatida ko'rilmoqda. O'tgan mavsumda u jamoaning besh sardoridan biri edi. Ushbu ro'yxatdagi birinchi Petr CHex faoliyatini yakunladi. Aaron Remzi esa "Yuventus"ga o'tib ketdi. Loran Koselni esa jamoadan ketishga yaqin turibdi.
26 yoshli Jaka esa bunga qadar Menxengladbaxning "Borussiya"si sardori bo'lgan, shuningdek, SHveycariya termasida ham ushbu vazifani bajarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar