"Arsenal"ning sobiq futbolchisi 2015 yildan beri birinchi marta Ispaniya termasiga chaqirildi
17 may 2019 20:40
Yangiliklar


"Arsenal"ning sobiq futbolchisi 2015 yildan beri birinchi marta Ispaniya termasiga chaqirildi
Bugun Ispaniya futbol federaciyasi Farrer orollari va SHveciyaga qarshi o'yinlar uchun tarkibni elon qildi.
Qayd etish kerak, ushbu ro'yxatdan Santi Kasorla ham joy oldi. Kasorla 2015 yildan beri milliy terma jamoada o'ynamay kelayotgandi. Bunga sabab sifatida uning 11 marta operaciya qilingani va 18 oy futboldan tashqarida bo'lganini keltirish mumkin.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli yarim himoyachi 2012-2018 yillarda "Arsenal" sharafini himoya qilgan.
Hozirda Kasorla faoliyatini "Vilyarreal" jamoasida davom ettirmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar