"Arsenal"ning ijaradagi futbolchisi ortga qaytadimi?
11 fev 2020 14:51
Yangiliklar


"Arsenal"ning ijaradagi futbolchisi ortga qaytadimi?
"Roma" rahbariyati "Arsenal"dan yarim himoyachi Genrix Mxitaryanning transfer huquqini sotib olishga qiziqmayapti.
Italiya klubi "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi mavsumda yakuniga etadigan 31 yoshli futbolchi uchun 23 million evro to'lamoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Mxitaryan Rim klubiga ijara asosida o'tgan edi. Uning ijara bitimi 2019/20 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etgan.
Saytimizning Angliya futboliga bag'ishlangan sahifasiga obuna bo'ling: >>> angliyafutboli <<<
O’xshash yangiliklar

Fikrlar