"Arsenal" va "Manchester Yunayted" A Seriyaning eng yaxshi to'purari uchun kurashmoqda
16 fev 11:34
Yangiliklar


"Arsenal" va "Manchester Yunayted" A Seriyaning eng yaxshi to'purari uchun kurashmoqda
"Arsenal" va "Manchester Yunayted" "Atalanta" forvardi Mateo Retegining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Londonliklar ehtimoliy transfer borasida italyan klubi bilan bog'lanishdi. Angliya klublariga "Yuventus", "Napoli", PSJ va "Aston Villa" raqobat tug'dirishi mumkin.
Mateo Retegi 2024 yilning yozida "Atalanta"ga o'tdi. Italyan Bergamo klubi bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Retegi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 23ta o'yinda 20ta gol urgan holda liganing eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar