"Barselona" tarbiyalanuvchisi uchun bir qator klublar kurash olib borishadi
26 fev 2020 23:50
Yangiliklar
"Barselona" tarbiyalanuvchisi uchun bir qator klublar kurash olib borishadi
Ijara asosida "Xetafe" sharafini himoya qilayotgan "Barselona" himoyachisi Mark Kukurelya Evropaning bir qator klublari diqqatini o'ziga jalb qilmoqda.
"Arsenal", "Tottenxem", "Bayer" va Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi 21 yoshli ispaniyalik futbolchining tovon pulini to'lashga tayyor. Bu haqida COPE nashri malum qildi. Kukurelyaning tovon puli 25 mln evroni tashkill qiladi.
SHuningdek, "Atletiko" va "Sevilya" ham ispaniyalik futbolchini o'z safidagi ko'rishni xohlayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Malumot uchun, Kukurelya La Liganing joriy mavsumida 21 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va besh marta jamoadoshlariga shunday imkoniyatni yaratib bergan.
Fikrlar