“Arsenal” – “Tottenxem”. Bugungi derbi oldidan “Angliya futboli” storisi va Telegram'dagi sahifamizda o'tkazilgan so'rovnoma natijalari
14 mar 2021 18:40
Yangiliklar
“Arsenal” – “Tottenxem”. Bugungi derbi oldidan “Angliya futboli” storisi va Telegram'dagi sahifamizda o'tkazilgan so'rovnoma natijalari
“Arsenal” – “Tottenxem” bellashuvi oldidan saytimizning 2 platformasida obunachilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi va ularning ikkisida ham deyarli tenglik qayd etildi.
“Angliya futboli” storisidagi natijalar: 49 foiz ovoz “to'pchilar”ga, 51 foizi esa “shporlar”ga berildi.

“Telegram”dagi sahifamizga qo'yilgan so'rovnomada esa 5.400 dan ziyod kuzatuvchi ishtirok etdi. Natijalar esa quyidagicha:
“Arsenal” – 41 % ovoz berilgan
Durang bo'lishiga – 16 %
“Tottenxem” – 43 %

Mazkur jamoalar o'rtasidagi so'nggi 6 uchrashuvning 3 tasida “Tottenxem” zafar quchgan, bir bor “Arsenal” g'alabaga erishgan va 2 ta o'yinda durang qayd etilgan.

Joze Mourinyu shogirdlari turnir jadvalida 45 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda. Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa esa 38 ochko to'plagan holda 10-pog'onani band etgan.

|
Arsenal Martin Oedegaard - 44', Alexandre Lacazette - 64' |
Premier League . 28-tur 14/03/2021, 21:30 1
:
2
Tugadi
|
Tottenham Hotspur Erik Lamela - 33' |
Stadion: Emirates Stadium, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Michael Oliver
Eldor Akmurzaev tayyorladi
Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar