"Arsenal" sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi
16 avg 2022 20:51
Yangiliklar
"Arsenal" sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi
Ispaniyalik o'yinchi Nacho Monreal katta futbolni tark etdi.
Pamplonalik 36 yoshli futbolchi professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Monreal avvalroq 2019 yildan beri o'ynab kelgan "Real Sosedad" klubini erkin agent sifatida tark etgandi.
Himoyachi o'zining eng yaxshi yillarini Londonning "Arsenal" jamoasida o'tkazdi va uch marta Angliya Kubogini qo'lga kiritdi. Nacho "kanonirlar" safiga 2013 yilning qishida kelib qo'shilgan va jamoa safida barcha musobaqalarda 251 ta o'yinda maydonga tushgan.
Monreal o'tgan mavsum Ispaniya chempionati o'yinlarida "Real Sosedad" uchun bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Klub himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi.
O’xshash yangiliklar
06:05
"El klasiko". "Real Madrid" – "Barselona" 2:5, "Barselona" o'tgan yilgi final uchun revansh oldi 1
Fikrlar