"Arsenal" sobiq futbolchisi Foden va Grilishga maslahat berdi
03 iyu 2022 19:08
Yangiliklar
"Arsenal" sobiq futbolchisi Foden va Grilishga maslahat berdi
1999 yildan 2005 yilgacha "kanonirlar" safida o'ynagan 39 yoshli Jermeyn Pennant Filipp Foden va Jek Grilishni tatil paytida malum qoidalarga amal qilishga chaqirdi.
"Omma etiborida bo'lganingizda, aqlliroq bo'lishingiz kerak. Ular bu haqda o'ylab ko'rishlari, ogoh bo'lishlari, jamoatchilikning munosabati qanday bo'lishidan xabardor bo'lishlari kerak. Sarlavhalar ularning obro'siga qanday tasir qilishini anglash juda muhim.
Agar ular eng yuqori darajada bo'lishni xohlasalar, professional bo'lishlari lozim. Muammo ko'zga tashlanyapti. Endi ular hech qanday yomon ish qilishmasa ham, mastlik yoki shunga o'xshash narsalarni davo qiladigan bazi guvohlar topiladi.
Xulosa shuki, ular mavsum davomida ajoyib formada bo'lishlari kerak, ammo agar ular mavsum oldidan ortiqcha vazn to'plashsa, bu shunchaki ahmoqlik. Agar siz qoralangan bo'lsangiz, unda odamlar va ommaviy axborot vositalari hamma narsaga ishonishadi", – dedi Pennant.
Fikrlar