“Arsenal” “Sassuolo” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
02 mar 2020 22:38
Yangiliklar


“Arsenal” “Sassuolo” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Londonning “Arsenal” klubi “Sassuolo” hujumchisi Domeniko Berardiga qiziqmoqda.
Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Nashr xabariga ko'ra, ingliz klubi yozgi transfer oynasi vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Yaqin vaqt ichida “kanonirlar” skautlari Italiya chempionati bahslarida futbolchining harakatlarini kuzatishadi.
25 yoshli Berardi “Sassuolo” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013 yilda u 4,5 million evro evaziga “Yuventus”ga ko'chib o'tgan, ammo 2015 yilda yana qadrdon klubiga qaytgandi. Uning transfer summasi 10 million evroni tashkil etgan. Joriy mavsumda u Italiya chempionatida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar