So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Mutolaa uchun. "Arsenal" posboni Emiliano Martinesning og'ir taqdiri haqida Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Arsenal" posboni Emiliano Martinesning og'ir taqdiri haqida

"Arsenal" posboni Martines bu mavsum avvalgi 9 yildan ko'ra ko'proq, o'yin amaliyotiga ega bo'ldi va finaldan keyin oilasi haqida so'rashganda yig'lab yubordi.

Xabaringiz bor, "Arsenal" Angliya Kubogini 14-marta qo'lga kiritdi. Bu g'alaba ayniqsa jamoa posboni Emiliano Martines uchun muhim edi: agar yarim rasmiy superkuboklarni chiqarib tashlasak, bu darvozabon uchun London klubidagi ilk sovrin.

Bugun aynan Martines hayoti davomida duch kelgan qiyinchiliklar va oilasi haqida bazi narsalarni bilib olamiz.

O'yindan keyingi intervyu vaqtida argentinalik sportchi hissiyotlarini yashira olmadi, yig'lab yubordi va savollarga Obameyangning bir o'zi javob berishiga to'g'ri keldi. 

Argentinalik posbon Londonga 10 yil avval "Independente" akademiiyasidan ko'chib o'tgandi – oilasi uni qo'yib yuborishni istamagan, lekin u Evropaga yo'l olishi – faoliyati rivojlanishi tomondan ham, pul tomondan ham yaxshiroq ekanligini tushunardi. Moliyaviy tomondan qaxramonimizning oilasi axvoli unchalik ham yaxshi emasdi. SHu sabab, ota-onasi uni ko'rgani "Independente"ga ham kelishmasdi – uyidan akademiyagacha 250 kilometr, yoqilg'iga esa ortiqcha pul yo'q.

"Kechalari otam to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshira olmaganidan siqilib, yig'laganlarini ko'rganman", – yodga oladi Emiliano.

"Londonda oson bo'lmadi: viza bilan muammo tufayli 3 oyda bir martadan ko'p uydagilarning oldiga bora olmasdim, ingliz tilini ham yaxshi bilmasdim". 

Biroq Emiliano taslim bo'lmadi

"18 yoshga to'lganimda, Enfildda (Londondagi tumanlardan biri) o'zimning birinchi uyim (kvartiram)ga ko'chib o'tdim. O'shanda oyimga: "Hech nimasiz uyga qaytishni istamayman. Faoliyatimni shu erda davom ettiraman va maqsadimga etaman", - dedim. "Men Evropaga ko'chib o'tib, malum vaqtdan keyin turli sabablar va nolish bilan hech nimaga erisha olmay, uyga qaytadiganlardan biri bo'lishni istamadi", – yodga oladi Martines.

Martines 6 marta turli klublarga ijaraga ketgan, bu mavsum jamoada ikkinchi posbon bo'lib qoldi. Ketmoqchi edi, ammo Emeri uni qolishga ko'ndirdi. Natijada, Martines Kubok o'yinlari va Evropa Ligasida o'yin amaliyotiga ega bo'ldi.

"Ikkinchi darvozabonlar bazan shunday deyishadi: "Men shunchaki etarlicha o'yin amaliyotiga ega emasman, mashg'ulot va o'yin bu turli narsalar", – deydi Emiliano. – Agar siz barchasini to'g'ri bajarsangiz, bahonalarga o'rin qolmaydi. Karantin davrida ayolim mendan so'radi: "Nega sen karantinda ham buncha ko'p shug'ullanasan?" CHunki imkoniyatim bo'lishini bilardim".

Unga o'sha imkoniyat berildi: 20 iyun kuni Bernd Leno "Brayton" hujumchisi Nil Mop bilan to'qnashib ketdi va mavsum oxirigacha safdan chiqdi. O'sha lahzadan Martines asosiy kiperga aylandi. Kubok finaliga germaniyalik darvozabon safga qaytdi, lekin Arteta asosiy tarkibda baribir Martinesni tushirdi. Bu argentinalik uchun mavsumdagi 23-o'yin bo'ldi – avvalgi 9 yil davomida Emiliano klub safida 14 uchrashuvda maydonga tushgandi.

Finaldan avval Emiliano bu o'yinga ota-onasi kela olmasliklaridan afsusdaligini – ular bir yildan buyon ko'rishmaganliklarini, lekin eng yaxshi variantda oilasi bilan Amerika Kubogida, 2021 ko'risha olishini aytib o'tdi.

"Arsenal" safida CHempionlar Ligasida debyut o'yinimga, "Anderlext" bilan bellashuv, otam 27 soat parvoz qilib, kelgandilar. Ular butun o'yin davomida, 95 daqiqa ko'z yosh to'kdilar!" – deydi golkiper.

Endi oilasi haqida savol berilganda Emilianoning o'zi yig'lab yubordi. Finaldan keyin u katta ehtimol bilan ota-onasiga qo'ng'iroq qilgan.

Martinesning "Arsenal" bilan yana 2 yillik shartnomasi bor. Lekin u o'ziga boshqa klub izlashni o'ylamayapti, sababi Emiliano o'zini klubda zaxira varianti deb hisoblamaydi.

"Men hech qachon o'zimni ikkinchi posbon deb qabul qilmaganman. O'zingiz haqingizda bunday fikrda bo'lish g'alati-ku".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика