
BBC e'lon qilgan chiptalar reytingidan so'ng, "Arsenal" Angliyadagi eng qimmat chipta sotuvchiligini bilgan muxlislar shikoyat qila boshlashdi.
Xabar qilinishicha, muxlislar klub rahbariyatidan kelasi mavsumda chiptalar narxi oshmasligiga kafolat so'rashmoqda. Hozirgi kunda uy o'yini uchun bir chipta narxi 27 dan 97 funtgacha. "Emireyts"dagi eng arzon chipta Premer-liganing etti jamoasining eng qimmat chiptasidan deyarli ikki barovar katta.