"Arsenal" Meddison uchun o'z futbolchisidan voz kechishga tayyor
21 iyu 2021 22:17
Yangiliklar
"Arsenal" Meddison uchun o'z futbolchisidan voz kechishga tayyor
"Arsenal" rahbariyati "Lester" yarim himoyachisi Jeyms Meddisonni tarkibga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, "kanonirlar" Martin Edegorning ijara muddatini uzaytira olmaganligi sababli Mikel Arteta ushbu futbolchining olib kelinishini istamoqda.
Qayd etilishicha, klub Meddison uchun 50 mln funt va Eynsli Meytlend-Naylsni "Lester"ga berishga tayyor turibdi. Tomonlar yaqin vaqtlar ichida muzokaralarni boshlashga tayyor turibdi.
O'tgan mavsumda Meddison APLda 8 gol va 5 assist qayd etdi.
Fikrlar