"Arsenal" Karlosga qiziqyapti. Uning tovon puli – 75 mln evro
02 avg 2020 22:49
Yangiliklar
"Arsenal" Karlosga qiziqyapti. Uning tovon puli – 75 mln evro
"Sevilya" himoyachisi Diego Karlos faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
27 yoshli braziliyalik o'yinchi "Arsenal" nishoniga tushib qolgan, deb xabar qildi The Telegraph.
"To'pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta Karlos orqali himoya chizig'idagi tartibsizliklar tugatilishiga ishonadi. Futbolchining tovon puli 75 mln evroni tashkil qilmoqda.
Avvalroq "Sevilya" himoyachisiga "Manchester Siti", "Liverpul", "Barselona" hamda "Bavariya" klublari qiziqish bildirayotgani to'g'risida xabar qilingan edi.
Fikrlar