“Arsenal” “Emireyts”da 200-g'alabasiga erishdi
12 mar 2017 02:26
Yangiliklar
“Arsenal” “Emireyts”da 200-g'alabasiga erishdi
Angliya kubogining chorak finalida “Arsenal” o'z maydonida “Linkoln Siti”ni (5:0) yirik hisobda taslim etdi.
Ushbu bellashuv “kanonirlar”ning mazkur stadiondagi 300-uchrashuvi sifatida qayd etildi. Mazkur uchrashuvlarning 200-tasida Venger shogidlari g'alabaga erishgan bo'lishsa, 61 uchrashuvda durang, 39 o'yinda mag'lubiyatga uchrashgan.
“Emireyts” stadioni 2006 yilning iyulida ochilgan bo'lib, o'z bag'riga 60432 tomoshabinni sig'dira oladi. Bu borada mazkur arena Angliyada uchinchi pog'onani egallaydi.
Fikrlar