"Arsenal" CHexning o'rniga posbon topib qo'ydi
23 may 2019 22:27
Yangiliklar


"Arsenal" CHexning o'rniga posbon topib qo'ydi
"Valensiya" darvozaboni Neto "Arsenal"ga o'tishi mumkin.
Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda. "Kanonirlar" ayni damda jamoani tark etadigan Petr CHexning o'rniga darvozabon qidirmoqda. 29 yoshli braziliyalik esa bu borada klub short-listida bo'lib turibdi.
"Ko'rshapalaklar" moliyaviy feyr-pley qoidalarini biroz buzgan va shu sababli ular 30 iyunga qadar transferlardan 42 million evro ishlab olishi kerak. Bu mavsumda Neto "Valensiya" tarkibida 47 o'yinda 49 gol o'tkazib yubordi. Uning transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar