"Arsenal" CHexning o'rniga munosib nomzod topdi
28 may 2019 23:55
Yangiliklar


"Arsenal" CHexning o'rniga munosib nomzod topdi
Arsenal posboni Peter CHex yozda faoliyatini yakunlashini malum qilgandi.
SHu bois «to'pchilar» uning o'rnini bosa olishi mumkin bo'lgan bir qator darvozabonlarning nomzodini ko'rib chiqmoqda. Ular orasida «Milan» kiperi Janluiji Donnarumma ham bor. 20 yoshli Donnarummaga shaxsan londonliklar ustozi Unai Emeri qiziqish bildirmoqda. Milanliklar azosining transfer narxi 50 mln. evroga baholanmoqda. Uni shuningdek, PSJ klubi ham qo'lga kiritmoqchi.
Italiyalik posbon joriy mavsum «Milan» safida 39 o'yinda qatnashib, o'z darvozasidan 32ta to'p olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar