"Arsenal" Arteta o'rniga 6 ta murabbiy nomzodini aniqlab oldi
24 avg 2021 20:58
Yangiliklar
"Arsenal" Arteta o'rniga 6 ta murabbiy nomzodini aniqlab oldi
Londonning "Arsenal" klubi Mikel Arteta o'z lavozimini tark etsa, uning o'rniga olib kelinishi mumkin bo'lgan murabbiylar ro'yxatini tuzdi.
Eslatib o'tamiz, "kanonirlar" rahbariyati ispaniyalik mutaxassisga shart qo'ydi, yani vaziyatni to'g'rilash uchun unga beshta o'yin berildi.
Xabarga ko'ra, Artetaning o'rinbosarlari ro'yxatida 6 kishining nomi bor.
SHunday qilib, "Arsenal"ni Antonio Konte, Paulu Fonseka, Eddi Xau (uchalasi ham ishsiz), Brendan Rojers ("Lester"), Ralf Xazenxyuttl ("Sautgempton") yoki Roberto Martines (Belgiya) boshqarishi mumkin.
Fikrlar