So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

“Arsenal” abonementini 12 yil kutishadi! “kanonirlar” qay tariqa pul ishlab topadi? Yangiliklar

“Arsenal” abonementini 12 yil kutishadi! “kanonirlar” qay tariqa pul ishlab topadi?

Teglar :  Arsenal
Londonning “Arsenal” klubi rivojlanish va hamkorlik bo'limi boshlig'i Adrian Peracini Moskvada “Sport turlarida menejment” fakulteti talabalari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda klubning qay tariqa pul ishlab topishi to'g'risida malumotlar berdi.

Sportda ish va biznesni juda yaxshi yo'lga qo'ygan jamoalar haqida eshitganda odatda ko'pchilikni havas qamrab oladi. Londonliklarning faoliyati xususida ham shunday deyish mumkin. Bunday darajaga erishish ancha-muncha klubga nasib etmagan. Peracini “Arsenal”da yarim yildan beri xizmat qilib kelmoqda. 13 yil avval u faoliyatini Italiyada “Atalanta” klubi marketing menejeri sifatida boshlagan. O'shanda klub huquqlarining himoya qilinishi bo'yicha o'ziga xos inqilobni boshlab bergan. So'ng shu ish bilan “Lacio”da shug'ullangan. “Arsenal”ga kelishdan avval bir necha yil MBAning Londondagi idorasida yuqori lavozimda faoliyat ko'rsatgan. Yana bir yil sport marketingida eng katta kompaniya hisoblangan “IMG”da vice-prezident lavozimida ishladi.

MUXLISLAR BILAN ISHLASH
– Rossiyaga yo'l olayotgan chog'imda “Arsenal”ning bu mamlakatdagi mashhurlik darajasini o'rgandim. To'g'risi, ishonishim qiyin, bu erda “Manchester Yunayted” va “CHelsi” ishqibozlari ko'pros sanaladi. Lekin aynan “Arsenal” ishtirokidagi uchrashuvlar o'tgan mavsum Rossiyada eng ko'p teleauditoriyani yiqqan.
“Arsenal” – jahon brendi. “Feysbuk”da 37 million, “Tvitter”da 8 million obunachiga egamiz. Klub saytiga har oy 4 million o'quvchi tashrif buyuradi. Bu katta imkoniyatdan foydalanish kerak. Har kuni.


SHu yo'nalishda biz harakatlarni ishga solamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus akciyalar o'tkazamiz, shu jumladan hamkor kompaniyalar bilan. Xalqaro turlar, klub afsonalari bilan tadbirlar tashkil etamiz. Masalan, Rober Pires murabbiylar shtabiga kirishdan oldin Hindistonning “Goa” klubida o'ynadi. Uni mamlakatda bilishadi va yaqinda u bilan Mumbaydagi akciyada qatnashdi. Bu juda omadli chiqdi. “Puma” bilan hamkorlikda hindistonlik muxlislar bilan birinchi uchrashuvni tashkil qildik. “Tottenxem” bilan derbini katta ekranda namoyish etdik. Odamlar hech qachon Londonda bo'lishmagan, bazilari umuman kelishmaydi. SHunga qaramay, ular “Arsenal”ning sodiq muxlislari sanaladi. Bu ajoyib. Afrikada klub brendini Nvankvo Kanu undan kam bo'lmagan tarzda targ'ib qilmoqda. Kelasi yil iyulda Avstraliyada uchrashuv o'tkazamiz. Unga barcha chiptalar sotib bo'lingan.

Klubning muxlislar armiyasi katta. Bir yarim million muxlis “Arsenal”ning “raqamli ishqibozlar klubi”ga azo bo'lgan. Ular eksklyuziv kontentga azo sanaladi. 250 ming inson esa rasmiy muxlislar klubi azosi hisoblanadi. Ulardan eng baxtli va omadlilari esa mavsumiy abonementlari egasi sanaladi. Bu azolikning “oltin” darajasi bo'lib, 37 ming ishqiboz unga ega. “Kumush” daraja esa o'yinga chiptalarni pastki sektordan sotib olish imkonini beradi. 124 ming muxlis “qizil” daraja sohibi. Ular yuqori sektordan chipta olishlari mumkin. 36 ming ishqiboz 16 yoshgacha bo'lgan bolalardan iborat.
Stadionda barcha xohlovchilarga joy etmasligi tushunarli. “Emireyts” 60 ming ishqibozga mo'ljallangan. Abonement sotib olish uchun navbatda 20 mingdan ortiq muxlis bor. Navbat o'rtacha 12 yilda keladi.


O'YIN KUNGI TUSHUMLAR
– Stadion bizning asosiy boyligimiz sanaladi. Jamoani “Xayberi”dan ko'chib o'tish haqidagi qarori muxlislar va menejment uchun osonlikcha kechmagan. Biroq bu klubning rivojlanishida juda muhim edi. Yangi arena tufayli “Arsenal” yuqori saviyada barqaror ushlanib turibdi. Maydon va biznesda oldiga qo'yilgan aniq rejadan pastga biror marta tushib ketmayapti.

Arenani yaxshilash ustida hamisha ish olib boramiz. “Emireyts” Angliyada eng yaxshi va jahonda eng yaxshilaridan biri bo'lib qolishi lozim. SHu sababli har yili uni yuqori saviyada ushlab turish uchun klub 2-3,5 million funt miqdorida xarajat qiladi.

Bundan esa foyda oladi. 2014/15 yilgi mavsumdagi ko'rsatkichlar bo'yicha “Arsenal” o'yin kungi tushumlar borasida Evropaning istalgan klubidan ko'proq ishlab topgan. 132 million evro. “Real” 130, “Barsa” 117 va “MYU” 114 million daromad qilgan.

“Xayberi”dagi davr bilan solishtirganda o'sish yaqqol ko'zga tashlanadi. Yangi stadionga ko'chib o'tilgan dastlabki mavsumdayoq bu miqdor 44 milliondan 91 millionga ko'tarilgan.

Bu jihat bo'yicha bugun maksimum natijaga erishib bo'ldik. Ko'proq sosiska va atributlarni sotish qiyin. Telehuquqlar sotuvi borasida ham shunday deyish mumkin. Bunda klubga ko'p narsa bog'liq emas. Sport natijalarini hisobga olmaganda, albatta. Premer-liganing mashhurligi shu darajada oshyaptiki, o'n yil oldin translyaciya uchun 44 million funt olgan klublar o'tgan yili 125 millionga ega chiqishdi.


Daromalarga biz reklama va homiylar bilan hamkorlikdan qo'shimcha pul qo'sha olamiz. Hamkorlarimi juda ko'p: “Puma”, “Sitroen”, “Europcar”, “Indezit” va boshqalar. Reklamadan pul topish borasida klubning daromadi oxirgi 10 yilda ikki baravarga oshdi. 2014/15 yilgi mavsumda bu miqdor 104 millionni tashkil qildi.

Asosiy o'rinda “Emireyts” bilan shartnoma turadi. Bu hamkorlik 12 yildan beri davom etib kelyapti. O'shanda stadion nomlanishi borasida tanlov elon qilgandik. Kompaniya logotipi futbolkalarda kamida 2019 yilgacha qoladi. Stadion nomlanishi esa 2028 yilgacha amalda bo'ladi. Bu davr ichida hamkorlik shunchaki homiylik deb atashdan yuqori darajaga chiqib ulgurdi.

Stadionimizda kompaniyaning shaxsiy o'ta qulay lojalari ham mavjud. Bundan tashqari, kompaniyaning vip-mehmonlari Arsen Venger bilan har yili kechki taom tanovul qilib, suhbatlashishadi. O'yinchilar BAAdagi turli tadbirlarga tashrif buyurishadi. 2009 yildan beri Dubayda “Arsenal” futbol maktabi ishlamoqda.
Darvoqe, kompaniya jahon bo'ylab 200ga yaqin sport klublari bilan hamkorlik qiladi. Dubayda bunday katta hajmdagi ishni qanday bajarishlarini juda qiyin tushunaman.

“TOTTENXEM” BIZNIKIDAN KATTAROQ STADION QURMOQCHI
– Abonementlar uchun shuncha katta navbat bor ekan, nega klub 60 minglik stadion qurgan?

– “Arsenal” 80 minglik stadion qurishni istamagan deb o'ylaysizmi? Hamma gap shahar hokimiyatida. “Emireyts” aholi istiqomat qiladigan hududda joylashgan, arena atrofida oddiy uylar bor. SHu sababli qurilishga ruxsat berilganda shunday shart kiritilgan: stadion 60 mingdan ortiq sig'imga ega bo'lmaydi. Hozir bunday muammoga “Tottenxem” duch kelgan. Ular yangi stadionni eskisi yonida qurishmoqda. U “Emireyts”dan 500 muxlisni ko'proq sig'diradi. Bizdan hech bo'lmasa biror narsada o'zib ketish uchun (kuladi).

– O'yin yo'q paytlarda stadion nimalardan daromad qiladi?
– Bu borada ishlarimiz joyida. Londondagi mehmonlar uchun “Emireyts” bo'ylab sayohat xuddi Bukingem saroyi yoki London attrakcioni kabi mashhur hisoblanadi.

– Siz o'zingiz “Arsenal” ishqibozimisiz?
– Yo'q. Tushunishimcha, Rossiyada bunga katta etibor berishadi. Angliyada esa bunday emas. Bizda “MYU”, “CHelsi” va hatto “Tottenxem” ishqibozlari ishlashadi. Bu hech kimni bezovta qilmaydi, chunki ular o'z ishida professional.


– Rossiyalik muxlislar Andrey Arshavin klub uchun marketing borasida qanchalik muvaffaqiyatli bo'lganiga qiziqishadi.
– O'sha paytda klubda ishlamasdim. Lekin Arsen Venger futbolchilarni nafaqat o'yin sifati, balki insoniylik taraflama ham tanlaganini tushunib etdim. Arshavin klubga faoliyatining cho'qqisida keldi va “Arsenal”ga katta foyda keltirdi.

– “Arsenal” akciyalarining katta qismi Alisher Usmonovga tegishli. U klub siyosatiga qanday tasir ko'rsatadi?
– Klub bilan bog'liq faoliyatni ijrochi direktor Ivan Gazidis amalga oshiradi. Unda katta tajriba bor va xo'jayinlar unga ishonadi.

– Siz boy tajribangiz bilan Rossiyaning yangi darajaga chiqishiga yordam bergan bo'lardingiz. Mamlakatimizdan yaxshi taklifga qo'shilgan bo'larmidingiz? Qolaversa, bu erda o'zimizning “Arsenal” ham bor.
– Eshitganman. U choy qaynatish uchun ajoyib narsa tayyorlaydigan shahar jamoasi, shundaymi? Kim biladi, qachondir Rossiyada ishlarman. Biroq hozir Londonning “Arsenal” klubi ajoyib tashkilot ekani va undan hech kim ketishni xohlamasligini takidlashni xohlardim.


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика