Arsen Venger: "Jahon chempionati tufayli "Arsenal"da jarohatlar ko'p"
17 okt 2014 17:15
Yangiliklar


Arsen Venger: "Jahon chempionati tufayli "Arsenal"da jarohatlar ko'p"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning hisoblashicha, jamoasidagi futbolchilarning jarohatlanishiga sabab, jahon chempionatidan so'ng ularga dam olish uchun vaqt etishmadi.
"Bizda jahon chempionatida orttirilgan jarohatlar ko'p. Turnir iyulda tugagan, avgustda esa ichki chempionatlar boshlandi. Organizm bunday qiyinchilikka dosh bera olmaydi. Siz Mesut Ozil qanday jarohat olganini bilasizmi? U shunchaki oyog'ining tashqi tarafida pas bergandi. Ozil buni million marotaba qilgan. Ammo shu bilan birga boshqa futbolchilarning o'sishiga ham erishdik. Biz oldingiga nisbatan ko'proq profilaktika ishlarini olib bordik. O'ylashimcha, bu yil jarohatlar ko'p bo'ldi" - deydi murabbiy.

Fikrlar