Arnautovich A Seriya klubi azosiga aylandi
01 avg 2021 21:51
Yangiliklar
Arnautovich A Seriya klubi azosiga aylandi
Avstriya terma jamoasi va "SHanxay Port" (sobiq "SHanxay SIPG") hujumchisi Marko Arnautovich "Bolonya"ga o'tdi.
Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Transfer summasi 3 million evroni tashkil qildi. Futbolchi 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo qo'ydi.
32 yoshli Arnautovich 2019 yildan beri "SHanxay Port"da o'ynab kelayotgan edi. U Xitoy klubida 39 o'yinda 20 ta gol urib, 4 ta golli pas uzatgan.
Fikrlar