Argentinalik vunderkind "Barselona" va "Real" transfer urushi markazida
17 jan 2023 18:49
Yangiliklar
Argentinalik vunderkind "Barselona" va "Real" transfer urushi markazida
16 yoshli futbolchi ayni paytda o'z vatanida "Veles Sarsfild" jamoasi uchun o'ynayapti. Yosh bo'lishiga qaramay, vinger allaqachon klubdagi debyutini o'tkazgan. Bu uni Argentina chempionatida afsonalar Diego Maradona va Serxio Aguerodan keyin paydo bo'lgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylantirdi.
Prestiannining etakchilik fazilatlari va hali pishmagan surati uni skautlar kuzatuvida ajralib turishiga yordam beradi. Nashr yaqindagina Ispaniya Superkubogida o'zaro to'qnash kelgan "Real" va "Barselona" yosh o'yinchini qo'lga kiritish uchun harakatga tayyorligini malum qildi.
La Liga gigantlari aniq taklif bilan chiqishdan avval uning o'yini o'sishini kuzatib bormoqda. Madrid klubi so'nggi paytlarda yosh iqtidorlarni izlash faoliyatini Braziliyaga qaratgan. Prestianni yozda Italiya pasportini oladi. Yaqin oylar ichida Janluka uchun kurash boshlanib ketishi kutilmoqda.
Fikrlar