So’nggi yangiliklar

21:31Рўзиқул Бердиев икки марта жаримага тортилди – ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  4 21:08ПСЖ – "Боруссия Д" учрашуви бош ҳаками ўйин якунлангандан сўнг йиғлаб юборди  7 20:45Тухель "Реал"га қарши ўйин ҳақида: "Ҳамма нарса бўлиши мумкин. Бу "Бавария" учун охирги имконият"  5 20:21Анчелотти "Бавария"га қарши ўйин олдидан фикр билдирди  6 20:03Футзал. ОКМКдан йирик ғалаба  0 19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  1 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  5 18:42Суперлига. 6-тур футболчиси - Зоран Марушич  1 18:27"Футбол олами". "Андижон" ва "Нефтчи" юта олмади, "Навбаҳор"да йирик ғалаба. 6-тур ҳақида ҳаммаси  0 18:13Суперлига. 6-тур голи муаллифи - Одил Ҳамробеков  4 17:55Суперлига. 6-тур мураббийи - Рўзиқул Бердиев  1 17:30Суперлига. 6-тур дарвозабони - Дилшод Йўлдошев  1 16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2 15:43Футзал. БМБ "Пахтакор" дарвозасига жавобсиз 7та тўп киритди  3

Argentinalik jurnalist: "O'zbekiston Argentina uchun qog'ozda mag'lub etilishi lozim bo'lgan raqib sanaladi, ammo..." Yangiliklar

Argentinalik jurnalist: "O'zbekiston Argentina uchun qog'ozda mag'lub etilishi lozim bo'lgan raqib sanaladi, ammo..."

Argentinaning La Nacion nashri jurnalisti Santyago Bauza U-20 jahon chempionati doirasidagi Argentina - O'zbekiston uchrashuviga o'z taxminini bildirdi.

- Agarda Argentina yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida omadsizlikka uchrasa, bunga barcha futbolchilarning turnirga kela olmagani bahona qilinmaydimi?

- Unday deb o'ylamayman. Albatta, Alexandro Garnacho, Niko Paz va Fakundo Buonanotte jamoa uchun muhim yo'qotish sanaladi, chunki mazkur futbolchilarsiz qolgan Argentina hujumkor yarim himoyasidan mahrum bo'ladi. Biroq yuqorida tilga olingan uch futbolchidan tashqari Xaver Maskerano eng yaxshi tarkibi bilan hisob-kitob qila oladi. Jumladan, Sule, Romero va Karboni kabi Evropadan tashrif buyurgan futbolchilar kuchli o'yinchilar sanaladi. Qolaversa, murabbiy mahalliy ligada to'p tepadigan yosh istedodlarni ham tarkibga jalb qila oldi, ularning ko'pchiligi allaqachon asosiy jamoa safida o'ynashga ulgurgan.

- Sizningcha, qaysi jamoalar guruhdan chiqish uchun favorit sanaladi?

- Argentina terma jamoasi yaxshi tarkib va mezbonligi tufayli kuchliroq bo'lsa kerak. O'zbekistonning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati mavjud, chunki ular Osiyo chempioni sanaladi hamda ushbu yoshdagi musobaqalarda ijobiy natijalar qayd etgan.

- O'zbekistonni qanchalik yaxshi bilasiz, ularning o'yindan oldingi mashg'ulotlariga Argentinadan biror kishi tashrif buyurmadi. Ushbu jamoani Argentina uchun oson raqib deb hisoblaysizmi?

- Rostini aytsam, unchalik emas. Men ushbu terma jamoaning o'tmishdagi va hozirgi kundagi bir nechta o'yinchilar, xususan, ikki eng yaxshi to'purar — Eldor SHomurodov va Maksim SHackix haqida (men uni Playstation videoo'yinlari orqali ham taniganman) bilaman. Jahon chempionatidan oldin jamoangiz haqida biroz izlanish olib bordim. O'zbekistonning Osiyo Kubogidagi ishtiroki qoyilmaqom tarzda o'tdi. SHu bilan birga, murabbiy Ravshan Haydarov o'zbek futbolidagi muhim shaxs ekanligini anglab oldim.

- Saudiya Arabistonining Argentinaga qarshi Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatidagi uchrashuvi mazkur bellashuvga qanday tasir o'tkazadi?

- Menimcha, O'zbekiston Argentina uchun qog'ozda mag'lub etilishi kerak bo'lgan raqib sanaladi, ammo bu oson bo'ladi degani emas. Zero, saralash bosqichidagi ishtirokidan kelib chiqadigan bo'lsak, Argentina mazkur jahon chempionatida birinchi qatorda bo'lmasligi kerak edi. 2003 yilgi yoshlar o'rtasidagi mundial doirasida ikki jamoa o'zaro to'qnash kelganida, shiddatli o'yin bo'lgan edi. Argentina ushbu bahsda faqatgina hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda penaltidan kiritilgan to'p evaziga g'alaba qozongandi, shu bois bo'lajak uchrashuv Argentinaga qiyinchilik tug'dira oladi.

O'tmishga nazar. 20 yil muqaddam bir kishi kam O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi JCHda Argentinaga yutqazgan

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика