So’nggi yangiliklar

17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3

Argentinaga Simeone kerak. Ammo u Messidan keyin keladi Yangiliklar

Argentinaga Simeone kerak. Ammo u Messidan keyin keladi

Kopa Amerikaning ikki uchrashuvidan so'ng faqatgina dangasa inson Argentinaga yangi murabbiy kerakligi haqida yozmadi.

Bizni ham dangasalar safiga qo'shmang. Ha, kerak.


Argentinaga mos murabbiy bor, faqat u Madridda yashaydi, Milan jamoasi rahbarlari uni o'z klubida ko'rmoqchi, bu mutaxassisning ismi Diego Simeone. Murabbiyning fikricha, uning klubdagi ishlari yakunlangani yo'q, shu sababli hozircha u Argentinani boshqarmoqchi emas.


Bu erda savol tug'iladi: Messichi, ikki etakchi bir jamoada ishlay oladimi yoki "ikki qo'chqorning boshi bir qozonga sig'adimi"? Messi - tajribali rassom. Buni tan olmaslikning iloji yo'q, biroq "Barselona"ning ideal tizimi tufayli u mana shu darajaga etdi.


Hozirgi Argentina terma jamoasida hech qanday tizim yo'q. Sampaoli davrida ham jamoa jahon chempionatida hech narsaga erisha olmadi. Messi "Barselona"dan tashqari har qanday jamoada yoqimli bosh og'riqqa aylanadi. Bazida shirini ko'p, bazida esa og'rig'i.


Sizning xabaringiz bo'lgan bazi fikrlarga ko'ra, texnik zonada kim turishidan qatiy nazar terma jamoani Messi boshqaradi. Aslida bunday emas. O'zingizni Skaloni o'rniga qo'yib ko'ring. Sizga jamoani ishonishdi, tarkibda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bor. Siz o'z futbolchilaringizni maydonga tushirishingiz mumkin, ammo ichingizdagi bir ovoz shunday deydi: "Uni maydonga tushir, Leo o'z ishini yaxshi biladi". Messining muammosi ham shunda. 


Leo Argentina terma jamoasida obro', mashhurlik borasida o'ziga teng murabbiyni uchratmadi. U kimga quloq solishni, kimga ish buyurishni bilmayapti. Uni egoist deyish noto'g'ri. Messining o'zi shu narsadan azob chekadi. Messi va terma jamoaga o'ziga ishongan tizim ustasi kerak. Sampaol shunga o'xshash mutaxassisdek ko'ringandi, ammo...


Argentina murabbiylar maktabi mutaxassislarga boy. Bu maktab bitta emas, ikkita yoki uchta. Menotti maktabi mavjud. U improvizaciyaga asoslangan. Bilardo maktabi esa raqib o'yiniga moslalishga qaratilgan. Uchinchi maktab Belsaniki. Bu tizim matematik aniqlikka qaratilgan.


Hozir ham tanlov bor. Messi "Barselona"dagi Gvardiola uslubini qo'llashi kerak. Ammo hozirgi "Barsa" ham o'sha davrdagi jamoaga aylanishda katta qiyinchiliklarga duch kelayotganini ko'rib turibmiz. Argentina haqida nima deya olardik? Jamoaning asosiy quroli - imrovizaciya. Biroq bu quroldan o'q chiqmayapti.


Bilardo uslubi (raqib o'yiniga moslashish)ga o'tish kerak deysizmi? Buning iloji yo'q, chunki hozirgi tarkib bilan buni uddalab bo'lmaydi.


Simeoneni olib kelish, 100% g'alaba degani emas, chunki unda ham "90 daqiqa ichida g'alaba qozonish" kitobi yo'q. U avvaliga selekciya bilan shug'ullanishi kerak. Biroq u raqibga moslashishda qiynalmaydi, chunki uning hozirgi tizimi shunday.


Simeonening asosiy dushmani vaqt bo'lardi. Yiliga 10-12ta uchrashuv juda kam. Undan tezda natija talab qilish ham noto'g'ri. Diego Tabares kabi Argentinaning butun tizimini terma jamoanikiga moslashtirishi kerak bo'lardi. SHundagina menottizm va bilardizm orasidagi chalkashlik yakuniga etardi.


Messi Simeonening dushmaniga aylanmaydi. Leo kamroq yugurayotganini hamma payqagan bo'lsa kerak. Bunga sabab futbolchining yoshi emas. SHunchaki uni yugurishga majburlashmayapti.


Biroq Simeone va Messi jamoasi bo'lmaydi. Mutaxassis band. Diego terma jamoaga kelganda, Leo unda bo'lmaydi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика