So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Argentinada bitta bo'lsa, bizda ikkita Maradona bor, ulardan birining o'g'li - Messi Yangiliklar

Argentinada bitta bo'lsa, bizda ikkita Maradona bor, ulardan birining o'g'li - Messi

Ertaga O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 jahon chempionati doirasida Argentinaga qarshi maydonga tushadi.

Bir necha yil ilgari ijtimoiy tarmoqlarda tug'ilganlik haqidagi guvohnoma surati tushirilgan surat tarqaldi. Unda xorazmlik ota o'g'liga Messi ismini qo'ygani aks ettirilgandi.

Diqqatga sazovor tomoni shundaki, otaning ismi Maradona bo'lib, u ikki mashhur futbolchi Lionel Messi va Diego Maradonaning ashaddiy muxlisi bo'lgan. U o'z kumirlaridan ilhomlanib, o'g'liga Messi deb ism qo'ydi. Natijada bolaning to'liq ismi Messi Karimov Maradona o'g'li bo'lib qoldi. Hozirda Messi 13 yoshni qarshi olgan.

Undan keyin ham turli futbolchilarning ismlari qo'yilgan guvohnamalar suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, biroq tasdiqlanmagandi. 

SHuningdek, mamlakatimizda Maradona ismli futbolchi ham bor. 1994 yil tavallud topgan Maradona Safarovning futbolchilik faoliyati ismiga mos tarzda o'tmadi. "Mashal", "SHo'rtan", "Dinamo" kabi klublarda to'p tepgan qashqadaryolik futbolchi ayni damda Qirg'izistonning "O'sh" klubi sharafini himoya qiladi.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика