ARGENTINA – ERON 1:0. MATNLI TRANSLYACIYA
21 iyu 2014 22:21
Yangiliklar
ARGENTINA – ERON 1:0. MATNLI TRANSLYACIYA
Braziliya yashil maydonlarida davom etayotgan jahon chempionatining “F” guruhidan o'rin olgan Argentina hamda Eron terma jamoalari guruhda ikkinchi turni boshlab berishdi.
JCH-2014. “F” guruhi. 2-tur
ARGENTINA – ERON 1:0
Belu-Orizonte. “Mineyrao” stadioni
Bosh hakam: Milorad Majich
Qanot hakamlari: Dalibor Jo'rjevich, Milovan Ristich
Gollar: Messi 90+1
Argentina: 1.Romero, 2.Garay, 4.Sabaleta, 5.Gago, 7.Di Mariya, 9.Iguain (18. Palasio, 77), 10.Messi, 14.Maskerano, 16.Roxo, 17.F.Fernandez, 20.Aguero (22. Lavessi, 77).
Eron: 12.Hagigi, 3.Hojisafi (8.R.Hagigi, 88), 4.Hussayni, 5.Sodig'i, 6.Nekunam, 7.SHojai (2. Heydari, 77), 14.Teymurian, 15.Montazari, 16.Guchchanajod, 21.Dejaga (9.Alirezo, 85), 23.Po'ladi.
Ogohlantirishlar: Nekunam 53, SHojai 73
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Bu esa kun ijrochisi - Lionel Messi!
Sen urmasang, senga urishadi Dejaga...
Argentina so'nggi daqiqalarda g'alaba qozondi va 6 ochko bilan guruhdagi peshqadamlikni mustahkamladi.
THE END!
Yulduzlar ana shunday pallalarda bilinadi, jamoaga omad etishmayotganda, omadni ham, golni ham qidirib topadi.
90+1. Messi bu Messi. To'pni odatdagidek biroz chapga olib zarba berdi va gol. R2+to'rtburchakni bosdi.
90+1. Gooooooolllllllllll, Messiiiiiii!!!!!
86. Guchchanajod deyarli birga-bir imkoniyatdan foydalana olmadi. Romero qutqardi.
84. Nekunamning pasi yuqoridan ketdi. Seni osmonimga olib ketaman... deb ketdi.
82. Roxodan zarbaaa, u bugun gol urmoqchi. Uchinchi urinishi.
81. Palasio o'ziga uzatilgan to'pga etib bora olmadi, Hagigi chaqqonroq chiqib qoldi.
Yoshligimizda ariqda cho'milganda palonchining kallasini ko'rsataymi derdik. Erkaklar tushunishdi... )
78. Tablo ham huvillab qoldi.
77. Aguero hamda Iguain o'rniga Lavessi va Palasio tushdi. Yangi kuchlar.
75. Di Mariyada juda yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Hagigi ushlab oldi to'pni.
74. Messining zarbasi to'rga tashqaridan tegdi.
72. Messi uchun imkoniyat, jarima zarbasi. SHojaiga esa sariq jo'ja.
70. Agar forslar o'yin oxiriga borib bo'shashishmasa, bu ketishda raqibga imkon berishmayapti.
69. Samarasiz "naves"lar juda ko'p bo'lmoqda.
67. Dejagaaaaa, sal qoldiya...
Maradona ham o'yinni maydondan kuzatib bormoqda.
64. Nimalar bo'layapti, bu ketishda forslar gol urib qo'yishadi.
62. Dejaga Gagoning oyog'i tegmasidanoq yiqilishni boshlab yubogan ekan.
61. Dejaga bir chopmoqchi bo'lgandi, oxirgi himoyachi halaqit berdi.
59. Messidan ajoyib yurish va zarba. Biroz noaniq ketdi.
57. Eron raqibga imkon bermayapti, yaxshi himoyalanmoqda.
55. Dejaga va SHojai penalti so'rashdi, hakam esa -tshshsh deb javob berdi.
54. Erondan bu hujumga javob kutamiz.
53. Xavfli vaziyat, Guchchanajoddddd. Bosh bilan berilgan zarbani Romero qaytarib yubordi. Zarbisheeee bo'lgandi.
SHu daqiqalarda Lobanov yuzerlar savollariga javob bermoqda.
50. Sabaletaaaa, yaxshi o'ylagan edi, ammo ijro "emadi".
49. Eron qarshi hujumga o'tgandi, to'p uzatish kuchli chiqdi.
Qadrli yuzerlar Messi hozir matnli translyaciya qilayotgan adminning fifa.uz dagi jamoasida sardor. ) Olg'a Messi! )
Ikkinchi bo'lim boshlandi. Davom etamiz...
Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytishdi. CHiroyli o'yin kutib qolamiz.
Ishtonidan tortayaptimi? Qo'lingni oley beting bormi? )
Tanaffus. Hozircha hisob ochilmadi.
45. Hussaynining zarbasiga Fernandesdan javob, kserokopiya.
43. Maydondagilarni kimdir uyg'otib yubora oladimi-a? Qani keskin g'ujumlar? Bizga o'yin ancha qiziqarliroq bo'ladi deyishgandi. )
42. Voy dodey, qanday zarbaaa. Hussayni bosh bilan zarba berdi. Jichcha noaniq.
39. Foydasiz "naves"lar ko'p bo'lmoqda.
38. Janubiy amerikaliklar hozircha kutilgan "daxshatli" hujumlarni uyushtirishmadi.
36. Messi pas berdi, Garay esa pand berdi.
36. Yana bir jarima zarbasi Eron darvozasiga.
34. Eronning xavfli hujumini himoyachilar qaytarib yuborishdi.
33. Messi uzoq "to'qqizlik"ni nishonga olgandi, o'xshamadi.
31. Eronliklarning Zlatani (Timotian) Messini chaldi, o'lasan endi. Hozir urib qo'yadi bu kalibri.
28. Eron to'pni olib qo'ygach, tezkor qarshi hujumga o'tish uchun harakat qilmoqda, ammo shoshib qolishayapti.
26. Bu safar burchakni Messi tepdi. To'g'rida, bu bo'yi bilan jarima maydonchasida nima ham qilib berardi.
Aguero burchakdagi bayroqchani sug'urib otib ketdi, bu senga otangni ketmonimi, xohlagan vaqtda kelib yiqitib ketasan? )
24. Di Mariyaning pasi, Roxoning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq chiqdi.
23. Eron himoyaga "yotdi", Argentina esa payt poylamoqda.
22. Agueroning zarbasini Hagigi qaytarib yubordi.
18. Di Mariyaning zarbasi regbida ochko keltirgan bo'lardi.
17. Maskerano va Guchchanajod kelisholmaydi qoldi. Aaa qo'chqorlar, o'yiningni o'ynasalaring yaxshiroq bo'lardi.
Bugungi o'yinda Messi boshliq yulduzlargami yoki qitdoshimiz bo'lgan Eronga muhlislik qilasizmi? O'zingiz hal qilib olavering.
Hagigi kichik jarohat oldi, chida Hagigi, chida. Bugun Eron senga qarab turibdi.
13. Zarbaaaa, Iguainning zarbasini Hagigi ushlab oldi, hisob ochilishi mumkin edi.
11. Messining birinchi zarbasini himoyachilar qaytarishdi. Uning zarbalariga qalqon bo'laverib "ko'karib" ketmasa bo'ldi himoyachilar. )
8. Roxo va Iguain chap qanotdan kombinaciya uyushtirishgan edi, yakun o'xshamadi.
Qitadoshlarimiz himoyaga yotib olishgani yo'q hozircha, ko'z tegmasin bolalar.
Aguero yaxshi vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, ko'paytirib yubordi.
5. Jipiriqdek Messi o'z "yurish"larini boshlab yubordi.
4. Sabaleta to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun jarima belgilangan edi, lekin forslar foydalana olishmadi.
2. Di Mariya maydonda cho'zilib yotibdi, SHojai salgina tegib ketgandi.
Demak, o'yin boshlandi.
GO ON!!!
Forslar sardori Javod Nekunam shu kungacha Messidek futbolchiga qarshi maydonga tushmagan bo'lsa kerak...
- Har ikkala davlat madxiyalari yangrab o'tdi.
- Saytimiz ofisiga Aleksandr Lobanov kirib keldi. O'yin boshlanmoqda...
- Barchaga salomlar! Bugungi qiziqarli bahsni sizlar bilan birga Tolibjon Qosimov sharhlab boradi. Narzulla va SHahbozga hozircha dam)
- Uchrashuv soat 21:00da boshlanadi.

Fikrlar